Sofoklning “shoh edip” fojiasida edip psixologiyasi qoryog‘diyeva Zulfizar Oybek qizi Toshkent viloyati Chirchiq davlat



Yüklə 466,66 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.09.2023
ölçüsü466,66 Kb.
#142772
4811-Текст статьи-11873-1-10-20220109




SOFOKLNING “SHOH EDIP” FOJIASIDA EDIP PSIXOLOGIYASI 
Qoryog‘diyeva Zulfizar Oybek qizi 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat 
 pedagogika instituti talabasi 
Ilmiy rahbar: f.f.n. N.Xolikova 
Afinalik yozuvchi Sofoklning ushbu asari bugungi kungacha saqlanib qolgan eng 
zalvorli, o‘lmas, nodir asardir. Muallif vafotidan yigirma asr o‘tgan bo‘lsa-da, u o‘z 
mashhurligini, qimmatini yo‘qotmagan. Sofoklning zamondoshlari va donishmand 
Arastu ushbu spektaklni “mualliflik mahoratining cho‘qqisi” deb hisoblaganlar. Bu 
asarni Asqad Muxtor 1958-yilda Moskva shahrida “Xudojestvennaya literetura” 
nashriyotida chop etilgan ruscha tarjimasidan o‘zbekchaga o‘girgan. Bu asar o‘zbek 
tilidagi ilk va yagona tarjimadir. Shunday qilib, “Shoh Edip” tragediyasi 1979-yilda 
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan. Ushbu asar 
taqdiri qudratli xudolar tomonidan boshqarilgan odamning baxtsizliklari haqidagi 
asardir. 

Tragediyani nafaqat o‘zbek, balki dunyo abiyotshunos va faylasuflari tahlil qilgan 


desak adashmaymiz. Sofokl asarlari XIX-XX asrlarda o‘rganilgan. Gegel “Shoh Edip” 
asarini insoniyatning matriarxatdan patriarxatga o‘tish jarayonining o‘ziga xos ramzi 
deb baholadi. XIX asr mifshunosi Baxofen ham shu fikrni davom ettirib, “Edipning 
fojiasi uning onasiga – matriarxatga bo‘lgan muhabbatidadir” degan. XX asrning yirik 
faylasufi, ruhshunosi Freyd esa, Sofokl asarlaridan o‘z falsafiy qarashlari 
konsepsiyasini 
topdi. 

hatto 
psixoanalitika 
faniga «Edip kompleksi», 
«Edipokompleks» degan atamalarni kiritdi. «Edip kompleksi» Freyd ta’limotining 
asosini tashkil qiladi. 
Shoh Edip asari haqida Freyd shunday yozadi: «Shoh Edip» asari antik dunyo 
yunon tomoshabinini larzaga solishining asosiy sababi, e’tirof etilayotgandek, taqdiri 
azal bilan inson irodasi o‘rtasidagi to‘qnashuvdir… Edip kabi bizning ichimizda ham 
axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bu istak payti kelishi bilan asosiy istakka 
aylanishi mumkin. «Shu sababli, – deydi Freyd, – Edipning taqdiri – bu ilohiy hukm 
hodisasi emas, patologik hodisalar va bunday fojia har bir insonda sodir bo‘lishi 
mumkin» [2]. 
XX asrning mashhur faylasufi Erix From ham o‘z falsafiy konsepsiyasini 
asoslash uchun ko‘plab ustoz faylasuflar kabi «Shoh Edip» asariga murojaat etdi. From 
ham «Shoh Edip» qismatida insoniyat taqdirini, tug‘ilishi, yuksalishi va inqirozi 
ramzini ko‘radi. U asardagi taqdiri azal hukmi Shoh Edipning otasini o‘ldirib, 
bilmasdan onasiga uylanishi voqeasida emas, balki Shoh Edipning o‘zida 
yashirinligini, ya’ni Shoh Edip jamiyatdagi yashash uchun kurashayotgan inson obrazi 
sifatida namoyon bo'lishini ta'kidlaydi. 
Yunon yozuvchilari o‘z ijodiy asarlarida miflarga murojaat qilganlar. 
O‘zlarining uslublari, badiiy qarashlariga moslab voqealar rivojini istaganlaricha 
o‘zgartirib qo‘llashgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan “Shoh Edip” haqidagi mif ham 



Homerning “Odisseya”sida ham mavjud edi. Sofokl esa, unga kuchli psixologik 
mahorat bilan badiiy ishlov beradi. Asar real muhitga shunchalik yaqin tarzda 
yozilganki, voqealar rivojida, har bir qahramon qiyofasida, ularning ong osti 
kechinmalarida hayotiy haqiqatlarni ko‘rishimiz mumkun bo‘ladi. U qismat fojiasidan 
chinakam insoniy dramaga aylanadi. 
Edip asarda juda uddaburon, dono (Fiva shahri ostonasida paydo bo‘lgan Sfinks 
maxluqining hech kim topa olmagan topishmog‘iga ham faqat ugina yechim topib, 
xalqni kulfatdan qutqaradi), fidoyi obraz sifatida namoyon bo‘ladi. Uning timsolida 
ham o‘sha davr koloriti namoyon bo‘ladi, ya’ni har bir ishda ma’budlarga yuzlanib, 
ulardan to‘g‘ri yo‘l va maslahat so‘raydi. Xudolardan qo‘rqish va ularga itoat etish 
barcha miflarda namoyon bo‘ladigan hodisa edi. Edip juda adolatli edi. U xalq boshiga 
birdan tushgan ofatlarga sabab podshoh Layning qotili Fivada ekanligi va u 
jazolanmaguncha bu kulfatlar tugamasligini bilgach, shunday farmon beradi: 
“Man etilsin unga toat-ibodat, 
Biron ostonaga qo‘ymasin qadam; 
Chunki shahrimizga kelgan qirg‘inning, 
Butun ofatlarning boisi o‘sha!.. 
Bordiyu u mening xonadonimda
Biron panoh topsa men bo‘lsam sabab, 
Qasamyod etayki, birinchi galda
Meni qatl etsangiz roziman, rozi” [1; 76]. 
Bu farmonga ko‘ra, inson foniy dunyoda qaysi pog‘onada – xoh shoh bo‘lsin, 
xoh oddiy fuqaro, hech kim o‘z qilmishiga yarasha jazo olmay qolmasligi ta’kidlanadi. 
Edip juda mulohazakor, ehtiyotkor, sabrli shaxs hamdir. U qotilni izlash davomida hech 
bir voqeani nazardan qochirmaydi, ma’lumotlar va dalillarni sinchiklab o‘rganadi. 
Qotilik sodir etilgan kun, o‘sha voqeani bir necha yillar avval o‘z boshidan kechirgan 
hodisaga aloqador bo‘lib chiqishidan xavfsiraydi. Bashorat bekor bo‘lib, otasi Polip o‘z 
ajali bilan vafot etganini Korinflik elchidan eshitgach, biroz hotirjam bo‘ladi, ammo 
rafiqasi Iokastaning bashoratlarga ishonmaslik kerak, deb o‘z o‘g‘li qismati haqida 
aytganlari o‘zining taqdiridagi bashorat bilan mos tushayotganligidan qo‘rquvga 
tushadi. Lekin inson yashar ekan, unda hamisha umid, so‘nggi ilinj tuyg‘usi bo‘ladi. 
Ayni shu umid tufayli, umrining oxirigacha taslim bo‘lmaydi. Yozuvchi syujet ketma-
ketligini mahorat bilan bir ipga teradiki, mudhish o‘tmish va xavfli kelajak to‘qnashuvi 
sodir bo‘lib, barcha ishtirokchilar bir yerga jam bo‘ladi. Elchi Edipni, aynan Lay 
o‘limiga guvoh bo‘lgan o‘sha podachi qo‘lidan olganligini va ma’budar la’natlagan 
o‘sha shum taqdir sohibi o‘zi ekanligini tushunib yetadi. Voqea shu yerga kelganda, 
kitobxon real hayot va mif o‘rtasida chigallikka duch keladi. Ya’ni yunon 
mifologiyasidan xabardor bo‘lmagan, jahon adabiyotiga endi kirib kelayotgan yoshlar, 
albatta, asardan mantiq izlashadi. Ular uchun eng qiyin narsa bu – Edipning onasi bilan 
nikohini “mifologik ravishda baholash” deb bilamiz. Shu o‘rinda Freyd ta’limotining 
asosini tashkil qilgan "Edipokompleks"ga yuzlanamiz. Unga ko‘ra, Edipning onasiga 
uylanishi ong osti hislarining namoyon bo‘lishidir, chunki Freyd fikricha, har bir jins 



o‘zga jinsga nisbatan, hatto o‘z onasiga bo‘lgan munosabatda ham shahvoniy mayl 
bilan munosabatda bo‘ladi va ona-bola munosabatida ong osti jinsiy mayllari ustuvorlik 
qilishi haqida bayon eiltgan edi. 
Na hayot va na adabiyot bu qilmishni yoqlamaydi. Javobni esa har kim o‘z his-
tuyg‘ularidan izlashi kerak bo‘ladi. Negaki Iokasta uni go‘dakligida tarbiyalab, onalik 
muhabbati, rahm-shafqat bilan o‘stirishi mumkun edi. Lekin uning o‘z o‘g‘liga xotin 
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Biz bunday yakunni axloqiy jihatdan qabul qilishimiz 
mushkul, albatta. Ammo ushbu yakunda o‘sha davr tomoshabinlari jinoyatni 
ko‘rishmaydi, Edip Iokasta uning onasi ekanligini bilmasdi va hatto xudolar ham o‘sha 
davrda o‘zaro kurashlar tufayli otalarini o‘ldirib, onalariga uylanishgan. Insoniyat 
ibtidosidan buyon odamlar bir birlarini o‘ldirishgan va o‘ldirishadi. Ota-onasini ham 
biror manfaat yoki jahl ustida ajal ostonasiga yuborganlar bo‘lgan. Lekin o‘z onasiga 
uylanish – bu g‘ayrioddiy hodisa. Yechimi yo‘q muammodir. Ba’zan badiiy asarda 
ko‘tarilgan muammo ochiq qoladi. Asqad Muxtor - “Chinakam badiiy asar hamma vaqt 
javobsiz savoldir”, degan edi. Balki ayni shu hol asarning ta’sirchanligini ham oshirgan 
omildir… 
Chidab bo‘lmas sharmandalik hissi Iokastani o‘z joniga qasd qilishiga olib keldi. 
Edip esa vijdon azobida qiynaladi, yaqinlariga zarar bermaslik uchun ilohiy qahr-
g‘azabni kutib o‘tirmay, o‘ziga o‘zi hukm chiqaradi: ko‘zlarini Iokastaning 
to‘g‘nog‘ichi bian jarohatlab, bu dunyo ne’matlarini ko‘rish, xudolar yaratgan 
go‘zalliklardan bahramand bo‘lish, boqiy dunyoda ota-onasining yuzlariga qarashga 
loyiqmasman deb, o‘zini shahardan badarg‘a qilishlarini buyuradi. Qizlari bilan so‘nggi 
vidolashuvida ularni na singlim, na qizim deya aytolmay, aka sifatida oxirgi marta 
xayrlashmoqchi bo‘ladi. Edip o‘z taqdirining ilohiy ssenariysini mantiqiy davom 
ettirib, o‘zini jazolaydi. U xudolar o‘yiniga yakun yasaydi. U shu paytgacha ularning 
o‘ynlarida so‘zsiz piyoda bo‘lib kelgan edi va buni ham oxiriga yetkazadi. Edip 
xudolarni uni jazolash imkoniyatidan mahrum qiladi. Shunday qilib, u odamlar va 
xudolar orasida ma’lum bir erkinlika erishib, jinoyatni ham, jazoni ham bajarib, hech 
kimdan – na ma’budlar va na odamlar orasida qarzi qolmaydi. Farzandlari bilan 
xayrlashishni ixtiyor etadi. Qanday qismat bo‘lishidan qat’iy nazar u ota edi va 
farzandlarining taqdiridan xavotirlanib, ularni tog‘asi Kreonga omonat qoldiradi.
Bir qaraganda, o‘quvchi taqdirni yoki Edipni ayblashga qiynaladi. Negaki u aslida 
o‘zining kimligini bilmasdi va jinoyat sodir etayotgan vaqti ham bu hodisa tabiiy 
himoya instinkti tufayli hissiyotlar qurshovida sodir bo‘lgandi, chunki bu har bir 
so‘g‘lom insonda bo‘ladigan o‘zini himoya qilish holati edi (Layni o‘ldirib o‘zini 
himoya qilishi). Biz bu fojiada yana bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak, ya’ni o‘sha 
davrda bashoratga ishonish, xudolar hukmiga qarshi bormaslik har bir obrazga xos 
xususiyat bo‘lgani holda, nega Lay chaqaloqdan qutulmoqchi bo‘ldi. Balki u farzandiga 
mehr berib o‘stirganida hammasi boshqacha bo‘lgan bo‘larmidi?! Balki uning 
farzandiga nisbatan bunday yo‘l tutishiga o‘sha davrda xalq orasida mashur bo‘lgan 
Shoh Kronos afsonasida keltirilgan bashorat – Kronosning kun kelib farzandlari taxtini 
tortib olishidan qo‘rqib, har bir tug‘ilgan zurriyodini yeyishni boshlashi ham qaysidir 



ma'noda unga turtki bo'lgandir. Vaholanki, ma’budlar so‘zi qonun edi. U ilohiy 
taqdirdan qochib bo‘lmasligini yaxshi bilardi. Balki Layning o‘zi shu go‘dakni 
saroyidan uloqtirib, bashorat amalga oshishiga dastlabki qadamni qo‘ygandir.
Ushbu xatolarning bosh sababidan faqat kuchli insonlargina o‘zlarini saqlay 
oladilar. Bu insonlarni xato qilishlariga yo‘l ochib beradigan va oxirida o‘zlarini 
pushaymon qildiradigan narsa inson xarakteridagi “g‘azab”dir. Edip ham qanchalik 
fidoyi, aqilli, dono bo‘lmasin, u ham o‘z g‘azabiga qarshi ish ko‘ra olmaydi. Bu yerda 
insonning ichki ruhiy olamidagi kontrastlik aks etadi. Bir inson qalbida yaxshi va 
yomon xulq o‘zaro “kurashda” bo‘ladi. Hatto bashoratchi Teresey unga podshohni 
o‘ldirganini aniq ko‘rsatsa ham, tan olmay, g‘azablanib, uni haydab yuboradi. Yana 
Edip o‘sha chorrahada behuda g‘azabini jilovlay olmagani uchun o‘zini qoralaydi. 
Shunday qilib, kitobxon oldida bir savol tug‘iladi: Edip jinoyatlarida kim aybdor? 
Edipning o‘zimi yoki ilohiy taqdir? Aslida “aybdor “tushunchasi Layga munosib. Hech 
qaysi ilohga ishonib farzandini tashlab yuborishning xojati yo‘q edi. O‘g‘lini 
go‘dakligida o‘limga yuborgan ota o‘z taqdirini o‘zi hal qildi, shu bilan Edip emas, 
balki ota o‘z o‘g‘lining qo‘llari bilan o‘zini o‘zi o‘ldirdi. 
“Shoh Edip” haqidagi afsona bilan, albatta, bugungi kun nazariyasidagi axloqiy 
qarashlar mos kelishi qiyin. Shu sababdan ham bu asar kuchli psixologizm bilan 
yozilgan asar hisoblanadi. Har bir kitobxon o‘qigani sari o‘zi uchun yangidan yangi 
xulosalar chiqaradi. “Shoh Edip” bu – taqdirning ilohiyligi va uning muqarrarligi 
haqidagi asrlar davomida sharaflangan haqiqatning so‘nmas ifodasidir.
 
Sofokl juda kuchli mahoratga egaki, uning tragediyalarini o‘qigan kishi 
asardagi syujet ichiga tushib qoladi, fojiadagi voqealar kitobxonni hislar girdobiga 
tashlaydi, fikr va tuyg‘ularni poklashga, xayot haqida o‘ylashga undaydi. “Shoh Edip” 
dagi voqealar qanchalik dahshatli bo‘lsa ham, hamma vaqt kuchli, yorqin taassurot 
qoldirib, insoniyatning yangi davr sahnalaridan tushmaydi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Sofokl. Shoh Edip. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 
1979. – 76 b. 
2. https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/dunyo-adabiyoti-turkumi-sofokl.html. 

Yüklə 466,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin