Izoh: Bolalarning yoshiga qarab dori dozasining yarmi yoki ichdan biri beriladi.
Plevrit – o‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: gripp, pnevmoniya kasalliklarining asorati, revmatizm, sil kasalligida ham plevrit yuzaga kelishi mumkin.
Belgilari:plevrit quruq va eksudatli bo‘ladi.
Quruq plevritda ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riq. Aksa urganda, qo‘lini ko‘tarib tushirganda, qimirlaganda og‘riq zo‘rayadi. Auskultatsiyada plevraning ishqalanish shovqini (qorni bosganda g‘ichirlagandek) nafas olganda ham, chiqarganda ham eshitiladi (Pnevmoniyada esa krepitatsiya tovushi chuqur nafas olganda eshitiladi).
Eksudatli plevritda plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik to‘planadi. Bu suyuqlik o‘pkani qisib qo‘yishi tufayli bemorning nafas olishi qiyinlashadi va tezlashadi, lablari ko‘karadi. Auskultatsiyada nafas olish tovushi juda sekin eshitiladi yoki butunlay eshitilmaydi. Yurak tovushlari bo‘g‘iq va kuchsiz eshitiladi, tomir urishi tezlashadi,bemor rangi oqaradi, lablari ko`karadi, ahvoli og`ir bo`ladi.
Tibbiy yordam:Kasallikni yuzaga keltirgan sababiga ko‘ra quyidagi tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
1.Plevrit revmatizm kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa ampitsillin, oksatsillin kabi antibiotiklar qo‘llanadi 0,5-1 gr dan kuniga 4 mahal muskul orasiga yoki vena tomiriga, shuningdek, aspirin, indometotsin, brufen kabilardan birontasi 1 tabletkadan kuniga 3 mahal (bolalarga uchdan bir- yarim tabletka) ichishga.
Plevrit sil kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, bemor sil kasalligi dispanserida davolanadi.
Plevrit – pnevmoniya, gripp kasalliklari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, pnevmoniyada qo`llanadigan tadbirlar qo`llanadi.
Plevritning eksudatli turida plevra bo‘shlig‘iga to‘plangan suyuqlikning miqdori ko‘p bo‘lsa, uning o‘zi so‘rilib ketishiga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ko‘krak qafasi orqali plevra bo‘shlig‘iga igna sanchilib (qo‘ltiq osti bo‘ylab) suyuqlik shprits bilan yoki Poten apparati yordamida so‘rib olinadi.