Traxeit – kekirdak shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi: shamollash, gripp virusi.
Belgilari: quruq va og‘riqli yo‘tal, yo‘talganda ko‘krak qafasining yuqori o‘rta qismida qirilish, ba‘zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam: 1.Sodali issiq ingalyatsiya;
2. Oyoqlarga gorchitsali issiq vanna;
3.Ko`krak qafasi oldi va orqasiga gorchichnik;
4.Antibiotiklar va harorat ko‘tarilganda tibbiy yordam laringit kasalligida aytilganidek.
Bronxit – bronxlar shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi:shamollash, gripp virusi va hokazo.
Belgilari: oldiniga quruq yo‘tal bo‘lib, 3-4 kundan keyin shilimshiqli yopishqoq balg‘am ajralishi. Yo‘talganda ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, qirilish. Nafas olganda xirillash. Auskultatsiya usuli yordamida quruq xirillash tovushlarini eshitish mumkin. Ba‘zida tana harorati ko‘tarilishi mumkin.
Tibbiy yordam: 1.Laringit va traxeitda aytilganidek.
2.Yo`talga qarshi tabletkalar (mukaltin va boshqa), altey damlamasi. Pnevmoniya (zotiljam) – o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi.
Sababi:shamollash, pnevmokokk, stafilokokk mikroblarining yuqishi, grippning asorati kabilar.
Belgilari:nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi, yo‘talish va balg‘am ajralishi, ko‘krak qafasida og‘riq, umumiy holsizlik, auskultatsiyada o‘pkada krepitatsiya (chuqur nafas olgan paytda o‘pkadan qorni bosganday g‘ijirlash tovushi eshitiladi), shuningdek, ho‘l xirillash eshitiladi, tana harorati ko‘tariladi.
Tibbiy yordam: 1.Bemor ko‘rpa-to‘shakda kamida 1-2 hafta yotishi kerak.
2.Harorat ko`tarilganda aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birortasi ichiriladi yoki analgin, dimedrol, novokain qo`shib muskul orasiga yuboriladi.
a) Yosh bolada harorat yuqori bo`lganda tirishishni oldini olish uchun magneziy sulfat 25 %-2-3 ml va novokain 0,5 %-1-2 ml qo`shib muskul orasiga yuboriladi.
3.Antibiotiklardan:gentamitsin 80 mg kuniga 2 mahal, bolalarga yarmi. Kloksatsillin (dikloksatsillin), oksatsillin, ampitsillin, ampioks - 0,5-1 gr dan kuniga 4 mahal (bolalarga yarmi), sefazolin -1,0 kuniga 2 mahal 5-7 kun (bolalarga yarmi) muskul orasiga.
4.Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometoksin) dan birortasi kuniga 2 mahal 1-2 tabletkadan ichiriladi.
5.Yo`talga libeksin, tusupreks, altey, bromgeksin, mukaltindan birortasi 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ichiriladi.
6.Ko‘krak qafasining oldidan o‘ng tomoniga, orqadan kuraklarning o‘rtasi va ostiga gorchichnik yoki banka qo‘yiladi.
7.Kasallik og‘ir kechganda qon yoki qon zardobi (mos guruh) 100-200 ml, vena tomiriga tomchi usulida, haftada 1-2 marta, jami 2-4 marta.