ANDROLOG – erkaklar peshob tanosil a’zolarining kasalliklarini davolovchi shifokor.
✅FIZIOTERAPEVT – tabiiy omillar, masalan, quyosh, havo, elektr bilan davolovchi mutaxassis.
✅PSIXIATR – ruhiy kasalliklarni tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor
✅ONKOLOG – o‘sma (saraton) kasalliklarini tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
✅IMMUNOLOG – immunitet bilan bog‘liq patologik holatlarni tekshirib, davolovchi shifokor.
✅GINEKOLOG – ayollar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
✅ALLERGOLOG – allergik kasalliklar va allergik reaktsiyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda ularni davolash, profilaktika qilish bo‘yicha mutaxassis.
✅OTOLARINGOLOG – quloq, burun, tomoq va bo‘g‘iz kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
✅GEPATOLOG – jigar kasalliklarini davolovchi shifokor.
✅LOGOPED – nutq kamchiliklari (duduqlanish)ni davolovchi mutaxassis.
✅MAMMOLOG – sut bezi kasalliklarini davolash va tashxislash bilan shug‘ullanuvchi
✅UROLOG – siydik-tanosil a’zolari kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
✅TRIXOLOG – soch bilan bog‘liq kasalliklar (soch to‘kilishi, kallik, erta oqarishi)ni o‘rganuvchi va davolovchi mutaxassisи.
✅PULMONOLOG – nafas olish tizimi (o‘pka, bronxlar, traxeya, hiqildoq) kasalliklarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanuvchi shifokorи.
✅GEMATOLOG – qon tarkibi, uning xususiyatlari, qon ishlab chiqarish a’zolari kasalliklarini davolovchi shifokor.
✅PEDIATR – bolalar kasalliklari mutaxassisi
✅NEONOTOLOG – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis
✅TRAVMOTOLOG – odam tanasiga etuvchi tirli jarohat va shikastlanishlarni davolovchi mutaxassis
✅VENEROLOG – tanosil a’zolari kasalliklarini davolovchi.
✅ANESTEZIOLOG – og‘riqsizlantiruvchi; narkoz (umumiy og‘riqsizlantiruvchi) va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi mutaxassis. Og‘riq yo‘qotuvchi moddani qon tomiriga yuborib, sezgini vaqtincha yo‘qotuvchi.
✅APITERAPEVT – asalari zahri va uning preparatlari bilan davolovchi mutaxassis.
✅GIRUDOTERAPEVT – kasalliklarni davolashda tibbiyot zuluklaridan foydalanuvchi mutaxassis.
✅IGLOREFLEKSOTERAPEVT – tana yuzasining aniq nuqtalari (faol zonalari)ga igna kiritib davolovchi mutaxassis.
Dostları ilə paylaş: |