Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash mutaxassisligi bo'yicha shakllantirilgan og'zaki savollar ro'yxati: Uchinchi va ikkinchi malaka tоifasi uchun



Yüklə 225,75 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü225,75 Kb.
#191622
1   2   3
100obshzdoriupr-uz

Birinchi malaka tоifasi uchun



  1. Axoli salomatligini baholash uchun qaysi guruh koʻrsatkichlardan foydalaniladi.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini milliy modelini yaratish Konsepsiyasi qanday tamoyillarga asoslanadi.

  3. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni davlat dasturi bilan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning qanday strategik yoʻnalishlari qabul qilingan.

  4. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimni rivojlantirish tamoyillari.

  5. Oʻzbekiston Respublikasini "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida" gi Qonunining asosiy mazmun-mohiyati.

  6. Ambulatoriya-poliklinika yordamining asosiy vazifalari.

  7. Birlamchi profilaktika nimalarga yoʻnaltirilgan.

  8. Statsionar tibbiy yordam sifatini oshirish yoʻllari.

  9. Tunda ishlashdan kimlar ozod qilinadi.

  10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan Sogʻliqni saqlash tizimidagi qanday oʻzgarishlar koʻzda tutilgan.

  11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan belgilab berilgan onalik va bolalik muxofazasi sohasidagi eng muhim yoʻnalishlar.

  12. Oʻzbekiston Respublikasida shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimining vazifalari.

  13. Sogʻliqni saqlash tizimida davlat fuqarolik xizmati tamoyillariga binoan korrupsiyaga qarshi kurashning birinchi darajadagi vazifalari.

  14. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-oktyabrdagi OʻRQ-793 sonli Qonuniga binoan elektron raqamli imzo taʼrifi.

  15. .Tibbiyot muassasalarida COVID-19 profilaktikasi va nazorati boʻyicha qanday choralar mavjud.

  16. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining tashkiliy tuzilmasiga nimalar kiradi.

  17. Sogʻliqni saqlashda menejment bosqichlari.

  18. Axborot madaniyati tushunchasiga nimalar kiradi.

  19. Davlat axborot resurslari tarkibiga nima kiradi.

  20. Tashkilot shtatlarini shakllantirish ketma-ketligi.

  21. Xodimni ragʻbatlantirishga qarshilik qiluvchi omillari.

  22. Nizoni hal qilish boʻyicha rahbarning harakatlari ketma-ketligi.

  23. Ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli qarori bilan qanday vazifalar belgilangan.

  24. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish sohasida vazifalari.

  25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori bilan qanday meyoriy xujjatlar tasdiqlangan.

  26. Davlat organlari huzurida tashkil etiladigan Odob-axloq komissiyasi necha kishidan iborat boʻladi.

  27. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan murojaat qaysi muddatda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

  28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi 149-sonli Farmoni bilan belgilangan har bir vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni asosiy yoʻnalishlari qaysilar.

  29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi 33-sonli Farmoyishiga binoan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida shifokorlik faoliyatini olib boradigan mutaxassislarga qanday vakolatlar berilgan.

  30. Tibbiy yordam sifatini kimlar nazorat qiladi? Sizning muassasada kimlar nazorat qiladi.

  31. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-sonli Farmonidagi tibbiy profilaktika va patronaj xizmati haqida nimalarni bilasiz.

  32. 2020 yil 09.12 dagi O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 328-sonli buyrug‘ida xatlovlar xaqida nimalar deyilgan.

  33. Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy choralarni qo‘llash huquqiga ega.

  34. Xatlovda ajratilgan 2 gurux insonlar bilan qanday tadbirlar o‘tqaziladi O’zSSV 2020 yil 09.12 dagi 328-sonli buyrug‘i.

  35. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PP №215 Qarorining «Qishloq shifokori» dasturi haqida nimalarni bilasiz.

  36. Ambulator-poliklinika xizmatida qanday muammolar mavjud.

  37. Palliativ yordamni asosiy yo‘nalishlari.

  38. Profilaktik ko‘riklarning uch turini ta’riflab bering.

  39. Sog‘liqni saqlash tizimida profilaktika va skriningni o‘rni.

  40. „Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabr PP №4891 Qarorining asosiy yo‘nalishi.

  41. Palliativ yordamda bolalarda og‘riqsizlantirish usullari.

  42. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi PQ-215-sonli Farmonidagi eng muhim yunalishlari.

  43. Onalik va bolalikni muxofaza qilish asoslari sanab o‘ting.

  44. Demografik ko‘rsatkichlarni tasvirlab bering.

  45. Ambulator-poliklinika muassasalarining ish sifati qanday uchta ko‘rsatkich bilan tavsiflanadi.

  46. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 y. 12 noyabr PP №4891 „Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Qarorida profilaktika ishlari xaqida nimalar yozilgan.

  47. Reproduktiv salomatlikni yaxshilash bo‘yicha tavsiya qilingan chora-tadbirlar.

  48. O’zbekiston Respublikasini "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida" gi Qonunining asosiy mazmun-mohiyati.

  49. 12.11.2020 yildagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan isloxotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6110-sonli Prezident Farmonida BTSYo muassasalarda qanday o‘zgarishlar belgilangan.

  50. BTSYo muassasalarda surunkali kasalliklarni oldini olishda chora-tadbirlar.

  51. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga olib keluvchi xavf omillari xaqida tushuncha bering.

  52. JSST tomonidan tavsiya qilingan «og‘riqsizlantirish zinapoyasi» kimlarga belgillangan.

  53. Aholining qaysi guruhlari bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega.

  54. Kaysi xafli omillar yukumli bo‘lmagan kasalliklarga olib keladi.

  55. Onalik va bolalikni muxofazasi xizmati. Tarkibiy tuzilma, ko‘rsatish tartibi. Vazifalari.

  56. O’zbekiston Respublikasida onalar o‘limi tarkibida qaysi sabablar birinchi uchta o‘rinni egallaydi.

  57. O’zbekiston Respublikasida onalar o‘limi tarkibida qanday sabablarni bilasiz.

  58. Bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning uchta asosiy vazifasini ko‘rsating.

  59. O’zR Prezidentining 2107 sonli Farmonida BTSYo xizmati tizimini isloh qilish bo‘yicha qanday vazifalar belgilangan.

  60. O’z R Prezidentining2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmonida islohatlarning dastlabki bosqichida erishilgan yutuqlar nimalardan iborat deb ta’kidlangan.

  61. Tuman/shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ambulatoriya-poliklinika xizmati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi qachon va qanday Qaror bilan kiritilgan? Uning vazifalari nimalardan iborat.

  62. Umumiy amaliyot shifokori mutaxasisligi oilaviy shifokorga qachon va qaysi me’yoriy xujjat asosida o‘zgartirildi.

  63. O’zR VMsining 1996 yil 21 maydagi 182 sonli qarorida QVPlarini qaysi muassasalar o‘rniga tashkil qilish belgilangan edi va nima uchun.

  64. QVP (OShP)larining FAP va QVA asosiy farqlari nimadan iborat.

  65. Mustaqillik davrida O’zRsida aholiga BTSYo tizimini tashkil qilish bo‘yicha birinchi me’yoriy xujjat qachon qabul qilingan va ushbu xujjatning mohiyati nimadan iborat.

  66. OP ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat xajmi kim tomonidan belgilanadi.

  67. Vrachlik mexnat ekspertizasining tamoyillari, maqsadi va vazifalari.

  68. Mexnat qobiliyatini yo‘qotishning turlari, darajalari. UASh mutaxasis faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat.

  69. Infeksion jarayonda kasallik manbaiga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat.

  70. Kasallik manbaini izolyatsiya qilish qaysi infeksiyalarda yuqori samara beradi.

  71. Aerogen yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarda infeksion jarayonga ta’sir qilishda eng samarali usul nima va javobingizni izohlab bering.

  72. Infeksion kasalliklar ustidan nazoratning bosqichlari va ularni ta’riflab bering.

  73. Yuqumli kasalliklar ustidan nazoratning eliminatsiya bosqichida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora tadbirlarning o‘ziga xosligi nimalardan iborat.

  74. Statistik ma’lumotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. Davlat statistikasining tamoyillari.

  75. Profilaktik ko‘riklarning natijalari qaysi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? Fikringizni asoslab bering.

  76. Shifoxona muassasalarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini ta’riflab bering, ularning ahamiyati nimalardan iborat.

  77. Shifoxona o‘rin fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini ta’riflab bering va ularning amaliy ahamiyatini gapirib bering.

  78. Shifoxona faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini aytib bering, ularga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat.

  79. Xirurgik ixtisoslikdagi shifoxona o‘rinlari faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini aytib bering va ularga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat.

  80. Aholining shifoxona o‘rinlari bilan ta’minlanishi ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni ta’riflab bering.

  81. Shifoxona faolitini baholash algoritmini aytib bering.

  82. Davolash profilaktika muassasalari faoliyatini baholashning algoritmi va uning bosqichlarini ta’riflab bering.

  83. Demografik vaziyatni baholashning algoritmini aytib bering.

  84. Ambulator poliklinika muassasalari faoliyatini taxlil qilishning algoritmini aytib bering.

  85. Aholining tez tibbiy yordamga murojaatlariga ta’sir qiluvchi omillarni aytib bering.

  86. Dispanserizatsiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini aytib bering va unga ta’sir qiluvchi omillarni ta’riflang.

  87. Hayot davriga ko‘ra go‘daklar o‘limining ko‘rsatkichlari, antenatal, perinatal, neonatal, postneonatal ko‘rsatkichlarga ta’rif bering.

  88. Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmati muassasalari faoliyatining maxsus ko‘rsatkichlari. Onalar o‘limining bevosita va bilvosita sabablari, ularga ta’sir qiluvchi omillar.

  89. O’zbekiston Respublikasida onalar o‘limi ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar va uni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni gapirib bering.

  90. Oilani rejalashtirish, kontratsepsiya vositalari bilan ta’minot va unga ta’sir qiluvchi omillar.

  91. Shifoxona “o‘rin aylanishi” ko‘rsatkichi nimani anglatadi va uning amaliy ahamiyatini aytib bering.

  92. Shifoxona o‘rinlarining o‘rtacha bo‘y turishi ko‘rsatkichi nimani anglatadi va uning amaliy ahamiyati nimadan iborat.

  93. Shifoxonadagi yil oxiridagi o‘rinlar soni va o‘rtacha yillik o‘rinlar soni tushunchasi o‘rtasidagi farq nimadan iborat va ularni hisoblash usulini aytib bering.

  94. Shifoxonada davolanishning o‘rtacha muddati ko‘rsatkichi, uning amaliy ahamiyati nimadan iborat.

  95. Tug‘ilishning yig‘indi ko‘rsatkichi nimani anglatadi va uni hisoblash formulasini aytib bering.

  96. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qanday vazifalar belgilangan.

  97. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish natijasida kutilayotga natijalar.

  98. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055 sonli Qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga belgilab berilgan asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari.

  99. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 07-dekabrdagi PQ-4055 sonli qaroriga muvofiq xududiy sogʻliqni saqlashni boshqaruv organlari faoliyatini asosiy yoʻnalishlari.

  100. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16 sonli qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tarkibiga kiradigan muassasalarda qaysi xizmatlar davlat-xususiy sheriklikga oʻtkazilishi belgilangan.

  101. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan aholini ijtimoiy himoya qilish ustuvorligi siyosati qaysi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

  102. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat xizmatchilarini majburiyatlari.

  103. Jamoat salomatligiga qaysi omillar taʼsir koʻrsatadi.

  104. Jamoat salomatligi tushunchasiga nima kiradi.

  105. Sogʻliqni saqlash tashkilotchisi nimalarni bilishi kerak.

  106. Sogʻliqni saqlash tashkilotchisi qanday koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.

  107. Sogʻliqni saqlashning huquqiy asoslarini nima tashkil etadi.

  108. Sogʻliqni saqlash muassasasida pullik tibbiy xizmatlarni joriy etish boʻyicha harakatlar ketma-ketligini koʻrsating.

  109. Hayot tarzi tushunchasiga nimalar kiradi.

  110. Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasidagi faoliyatning eng samarali choralari.

  111. “Sogʻliqni saqlashni axborotlashtirish/ raqamlashtirish” tushunchasiga nimalar kiradi.

  112. Axborot manbalariga nimalar kiradi.

  113. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari bazasi axborot-qidiruv tizimining elektron manzili.

  114. Ijro.gov.uz dasturining mazmun-mohiyati.

  115. “Ochiq hukumat” portali tarkibiga qaysi elektron manbalar kiradi.

  116. “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimining mohiyati.

  117. Sogʻliqni saqlashni xizmatlarini faoliyatini taxlili uchun qaysi guruh koʻrsatkichlardan foydalaniladi.

  118. Tibbiyot muassasalarida COVID-19 profilaktikasi va nazorati boʻyicha qanday choralar mavjud.

  119. Jamoada yaxshi ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishga nima hissa qoʻshmaydi.

  120. Sogʻliqni saqlash muassasasining kadrlar jadvalini tuzish uchun qanday dastlabki maʼlumotlar zarur boʻladi.

  121. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimida Davlat boshqaruvi tamoyillari.

  122. Sogʻliqni saqlashda menejment yoʻnalishlari.

  123. Sogʻliqni saqlashda rejalashtirish turlari.

  124. Sogʻliqni saqlashda axborotni boshqarishdan koʻzlangan maqsad.

  125. Yuqumli kasallik epidemiyasida aholining qaysi qatlamlari ahamiyatga ega (SIR, ingl.).

  126. Yuqumli kasallikka nisbatan qanday immunitet turlari mavjud.

  127. Vaktsinalarning samaradorligini baholashda ilmiy tadqiqotlarning qaysi turi (dizayn) afzalliroqdir? Ularning tavsifini bering.

  128. An’anaviy epidemiologik yondashuv qaysi bosqichlaridan iborat? Ushbu bosqichlarni sanab o'ting.

  129. Aholini tibbiy xizmatlar bilan qamrab olishda qanday uchta parametrni hisobga olish kerak.

  130. Sog'liqni saqlashning asosiy iqtisodiy resurslarini sanab o'ting. Tibbiy xizmatlar bilan aholini qamrab olishda ularning ahamiyatini tasvirlab bering.

  131. Ommaviy skriningning kamchiliklari nimadan iborat.

  132. Tibbiy xizmatlarni "faol" xarid qilish yondashuvi nimani anglatadi.

  133. Tug'ilishning o'sishiga qanday omillar hissa qo’shishi mumkin.

  134. Onalar o'limining asosiy sabablari nima.

  135. Qaysi omillar kasallik uchun xavf omillari deb ataladi? Kasalliklarning xavf omillari qanday yondashuv orqali aniqlanadi.

  136. Kasallikning xavf omillarini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqotlar o'rtasida qanday farqlar (dizayn) mavjud.

  137. Birlamchi profilaktikaning maqsadi nima? Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning birlamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring.

  138. Ikkilamchi profilaktikaning maqsadi nima? Yuqumsiz kasalliklarning ikkilamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring.

  139. Uchilamchi profilaktikaning maqsadi nima? Yuqumsiz kasalliklarning uchilamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring.

  140. Ommaviy immunitet darajasi tushunchasining manosi nima? Uning epidemiologik ahamiyati nimada.

  141. Birlamchi profilaktika samaradorligini aniqlash uchun qanday ko'rsatkichdan foydalanish mumkin.

  142. Surunkali kasalliklarning birlamchi profilaktika choralarini tashkil qilishda qaysi yondashuv afzalroq? O'zbekistonda olib borilayotgan birlamchi profilaktika choralarini qanday baholaysiz.

  143. Aholi orasida COVID-19 o'limining ko'payishiga qaysi omil ko'proq sabab bo’ldi? Ushbu omil epidemiyaga qarshi choralar va emlash samaradorligiga qanday ta'sir qilishi mumkin.

  144. Skrining tushunchasiga izoh bering. Selektiv skriningning asosiy xususiyati nimadan iborat.

  145. YuIKni qaysi omillarining ahamiyati eng ko'p isbotlangan? Turli omillarning roli qanday tadqiqotlar bilan isbotlanadi? Ularning tuzilishini (dizaynini) tavsiflang.

  146. Dori vositalari va vaktsinalarning klinik samaradorligi qanday aniqlanadi? Ushbu tadqiqotlar qanday nomlanadi? Ularning tuzilishini (dizaynini) tavsiflang.

  147. Iqtisodiy boylik sifatida tibbiy xizmatning xususiyatlari qanday? Tibbiy xizmatlarini ko'rsatish uchun qanday resurslar kerak? Tibbiy xizmatlarni aholi ichida taqsimlashning qanday yondashuvlari mavjud.

  148. Surunkali kasalliklarning ikkilamchi profilaktika choralarini samaradorligini baholash uchun qanday ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin? O'zbekistonda olib borilayotgan ikkilamchi profilaktika choralarini qanday baholaysiz.

  149. Endemiya yoki endemik xolat deb siz nimani tushunasiz? Giper- va golondemiya tushunchasiga izoh bering. O'zbekistonda va dunyoda endemik holatlar misollarini keltiring.

  150. Bozor iqtisodiyotining xususiyatlari qanday? Bozor iqtisodiyoti tizimi va buyruq-ma'muriy tizim o'rtasidagi farqlar qanday.

  151. O'zbekistonda tibbiy xizmatlar ko'rsatish sohasida qanday raqobat turi mavjud? Ushbu turdagi raqobatning o'ziga xos xususiyatlarini va uning salbiy oqibatlarini tasvirlab bering.

  152. Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish mumkinmi? Tibbiy xizmatlarning qaysi xususiyatlari sohaga mutlaq bozor munosabatlarini joriy etish uchun cheklov bo’ladi.

  153. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning to'rtta manbasini sanab chiqing. O'zbekistonda xizmatlarni moliyalashtirish tarkibida qaysi moliyalashtirish manbalari asosiy hisoblanadi.

  154. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning davlat va xususiy manbalari o'rtasidagi farqlar nimadan iborat? Ularning xususiyatlari qanday.

  155. Qaysi turdagi xizmatlar odatda soliq (byudjet) hisobidan moliyalashtiriladi? Ushbu xizmatlarning ushbu manba tomonidan moliyalashtirilishining sababi nima.

  156. “Bemorni cho'ntagidan” tibbiy xizmat haqini to'lashning salbiy xususiyatlarini sanab chiqing.

  157. Soliq hisobidan moliyalashtiriladigan tizimlarning asosiy salbiy xususiyati nimadan iborat? Ushbu omillarning salbiy ta'sirini qanday kamaytirish mumkin.

  158. Davlat tibbiy sug'urtasiga asoslangan tizimlarning salbiy xususiyati nimadan iborat.

  159. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish manbalaridan qaysi biri "regressiv" manbalar qatoriga kiradi? Ularning har birining xususiyatlari nimadan iborat.

  160. Siz qanday an’anaviy moliyalashtirish modellarini bilasiz? Ularning orasidagi farq nimadan iborat.

  161. O'zbekistonda umumiy o'lim darajasi nisbatan past bo'lishining sababi nimadan iborat? Ko'rsatkichni jins va yosh bo'yicha standartlashtirish usulining manosi nimadan iborat.

  162. O'zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishining o’sishini asosiy sababi nimadan iborat? Qanday profilaktika choralarini taklif qilishingiz mumkin.

  163. Neonatal o'lim nima degani? Ushbu ko'rsatkich qanday hisoblanadi? O'zbekistonda neonatal o'limning asosiy sabablari nimada.

  164. “Ko'rinmas qo'l” (A. Smit) tushunchasining ma'nosi nima. Uning amalga oshirish sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini qanday oshirishi mumkin.

  165. OIV infektsiyasining yuqish yo'llarini sanab o'ting. OIV infektsiyasini yuqtirishda "epidemiologik oyna" ma’nosi nimadan iborat? OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish choralarini tasvirlab bering.

  166. Nima uchun meta-analiz bemorni davolashni tanlash uchun eng ishonchli ma'lumot manbalari hisoblanadi.

  167. Davlat tibbiy sug'urta tizimi uchun asosiy daromad manbai nima? Ushbu moliyalashtirish manbai bilan qanday xatarlar bog'liq bo'lishi mumkin.

  168. Tibbiy xizmatlarini moliyalashtirish manbalaridan qaysi biri "progressiv" manbalar qatoriga kiradi? Ularning xususiyati nimada.

  169. Strategik rejalashtirish ma’nosi nimadan iborat. Uning muassasa boshqaruvidagi roli qanday.

  170. Majburiy tibbiy sug'urtaning ixtiyoriy sug'urtadan qanday ajratish mumkin? Ushbu sug'urta turlari bo'yicha mablag'lar uchun daromad manbai nima.

  171. Tadqiqot ishtirokchilarini guruhlarga tasodifiy taqsimlash usuli (randomizatsiya) RCT (ingl.) natijalarining ishonchliligini qanday oshirishi mumkin.

  172. "Pul bemorga ergashadi" degan tamoyiliga izoh bering. Uning ahamiyati nimadan iborat? Birlamchi va statsionar yordam xizmatlarini sotib olishda ushbu printsipni amalga oshirish misollarini keltiring.

  173. Bemor va xizmat ko’rsatuvchi tibbiy xizmatlarning sifati to'g'risida teng bo’lmagan darajadagi xabardorligi ("axborot assimetriyasi") qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  174. Aholi o’rtasida mikronutrient tanqisligining ommaviy oldini olishning ikkita usulini ayting. Ularning afzalliklari va kamchiliklari nimada.

  175. Kasalliklarni davolashning haqiqiy va surrogat natijalari o'rtasidagi farq nima? Davolash samaradorligini baholashda qanday natijaga ustunlik berish kerak.

  176. SWOT-tahlili nima va u strategik rejalashtirish jarayonini yaxshilashga qanday yordam beradi.

  177. Tibbiy xizmatlarini akkreditatsiya qilish nima? Uning yordam sifatini yaxshilashdagi ahamiyati nimadan iborat? O'zbekistonda akkreditatsiyani rivojlantirish istiqbollari qanday.

  178. Tibbiy xizmatlarini standartlashtirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar qanday? Standartlashtirish sog'liqni saqlash xizmatlari bozorida qulay raqobat muhitini rivojlantirishga qanday hissa qo'shishi mumkin.

  179. Mutlaq va nisbiy sonlarning ma’nosini tushuntiring. Nisbiy ko’rsatkichlarning turlarini sanab o'ting. Mutlaq va nisbiy sonlar misollarini keltiring.

  180. Menejmentning to'rtta asosiy funktsiyasini (bosqichlarini) sanab o'ting. Nima uchun bu bosqichlarning ketma-ketligiga rioya qilish muhim? Muassasangiz misolida ulardan foydalanish haqida ma’lumot bering.

  181. Aholining turli guruhlarida kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarini standartlashtirish usuli nima uchun ishlatiladi? Ushbu ko'rsatkichlar qaysi ikkita asosiy parametr bo'yicha standartlashtiriladi.

  182. "Jamg'armani ushlab turish" ma’nosi nimadan iborat? Uni Buyuk Britaniyadagi birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalariga joriy etishning maqsadi nima edi.

  183. “Davolangan holat uchun" shifoxona xizmatlari uchun to'lov nimani anglatadi? Bunday xarid modelini amalga oshirishda qanday ijobiy natijalar bo'lishi mumkin? Qanday xavflar paydo bo'lishi mumkin.

  184. Tovarlar va xizmatlar bozorida raqobatning ikkita klassik turini ayting. Ularning har biri paydo bo'lishi uchun qanday shartlar zarur.

  185. Diagnostik tekshiruvning aniqligiga tegishli ikkita asosiy ko'rsatkichini nomlang va tavsiflang.

  186. Tibbiy turizm nima? Tibbiy turizmning tarqalishi bilan qanday potentsial imkoniyatlar va jamoat salomatligiga tahdidlar paydo bo'lishi mumkin.

  187. Situtation tahlil jarayonoda (SWOT) qanday ichki va tashqi omillarni o'rganish kerak.

  188. Tibbiy xizmat ko'rsatuvchilar orasida eng keng tarqalgan raqobat turini nomlang va uni tavsiflang.

  189. Salomatlik omillari tashkil etgan to'rtta toifani sanab o'ting (M.LaLonde, 1974).

  190. "Jamoat salomatligi" nima? Davlat aholi salomatligini muxofaza qilish uchun qanday ikkita katta toifadagi choralardan foydalanadi.

  191. Moliyaviy menejment nima? Moliyaviy menejmentning maqsadi nimadan iborat.

  192. Klinik sinov bosqichlarini sanab o'ting va aralashuvning samaradorligi va xavfsizligini aniqlashda har bir bosqichning rolini tavsiflang.

  193. JSST kontseptual sxemasiga kiritilgan sog'liqni saqlash xizmatlarini moliyalashtirishning to'rt bosqichini (funktsiyalarini) tasvirlab bering.

  194. Bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishning asosiy vazifalari nimada? Dispanserizatsiya paytida qanday profilaktika darajasini ko'rsatish mumkin.

  195. Birinchi sog‘liqni saqlash xalq komissari kim bo‘lgan.

  196. 1920 – 1940 yillarda sog‘liqni saqlash sohasining qaysi yo‘nalishlari dolzarb hisoblangan.

  197. Ikkinchi jahon urushi davomida harbiytibbiyot tomonidan amaliyotga joriy etilgan eng progressiv yo‘nalishlar nimalardan iborat edi.

  198. Zamonaviy tibbiyot rivojining qaysi davrlarida birlamchi tibbiy – sanitariya yordami shakllanaboshlagan, qishloq tibbiyoti reorganizatsiya qilingan va ambulatoriya – poliklinika hizmati bilan statsionar tibbiyot xizmati bir – biri bilan integratsiya qilingan.

  199. Tibbiyot tarixining qaysi davrida ixtisoslashgan tibbiy yordam ustuvor shaklda e’tiborga ega bo‘lgan.

  200. Tibbiyot tarixining qaysi davrida birlamchi tibbiy yordamning ustuvorligi qayta tiklangan.

  201. “Jamoat salomatligi” tushunchasi qanday tasniflanadi.

  202. Sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish tushunchasining tasnifi.

  203. Sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish tamoyillari nimalardan iborat.

  204. Tibbiyot tizimi resurslari nimalardan iborat.

  205. Tibbiyot sohasidagi rahbar xodimning nazariy bilimlar ko‘lami qanday bo‘lishi lozim.

  206. Tibbiyot boshqaruv organi va muassasalari rahbarlarining amaliy ko‘nikmalari nimalardan iborat.

  207. Inson salomatligini ifodalovchi asosiy omillar (determinantlar) nimalardan iborat.

  208. Muayyan bir mamlakat aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat.

  209. O’zbekiston siyosatida aholi salomatligi qanday baholanadi.

  210. O’zbekiston aholi salomatligi ko‘rsatgichlari nimani ifodalaydi.

  211. O’zbekiston tibbiyot tizimi islohotlari: Tibbiyot sohasini moliyalashtirish prinsipini optimallashtirishda nima ko‘zda tutilgan.

  212. O’zbekistonda shakllangan yangi shoshilinch tibbiy yordam tizimining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat.

  213. Ixtisoslashgan tibbiy yordam markazlari rahbarlariga qanday yangi boshqaruv vakolatlari berilgan.

  214. O’zbekiston Davlat siyosatida ona va bola salomatligini muhofaza qilish qanday tasniflangan.

  215. O’zbekistonda amalga oshiriladigan bepul vaksinatsiyaga muvofiq qanday yuqumli kasalliklar bartaraf qilingan.

  216. Pullik tibbiy yordam hamda nodavlat tibbiy muassasalarining shakllanishi va rivojlanishining sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri nimadan iborat.

  217. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 7 dekabr PF-5590 sonli Farmonida qayd etilgan sohadagi asosiy kamchiliklar nimalardan iborat.

  218. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5590 sonli Farmoni bilan belgilangan tibbiyot islohotlarining eng muhim yo‘nalishlari nimalardan iborat.



Yüklə 225,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin