Soha lug’atlari. Glossariy


O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI



Yüklə 25,35 Kb.
səhifə2/2
tarix14.06.2023
ölçüsü25,35 Kb.
#130057
1   2
Soha lug’atlari. Glossariy Abdullayeva Madina 9-1turs-21

O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI
Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi.

  1. Hajm nuqtai-nazaridan.

  2. So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan.

  3. Maqsad nuqtai nazaridan.

Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar.
Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi.
Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:

  • katta lug`at;

  • o`rtacha lug`at;

  • kichik lug`at.

Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,
Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin.
O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin.
MAXSUS LUG`ATLAR tipiga yon lug`atlar va maktab lug`atlari kiritiladi. Maktab lugatlari so`zligida ko`proq darsliklarda qo`llangan so`zlar beriladi.
KICHIK LUG`ATLAR so`zligining qanday maqsadga ko`ra chegaralanganligiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:
1) Leksik qatlamlar lug`ati; 2) Leksik tanlangan lug`at; 3) Terminologik lug`at.
Leksik qatlamlar lug`atiga so`zligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan tashkil topgan lug`atlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati», Sh.Rahmatullayevning «O`zbek tili qisqacha frazeologik lug`ati» kabilar misol bo`ladi. Leksik tanlangan lug`atlarga so`zligiga biror muallif, biror yodgorlik, biror asar (Gorkiy lug`ati) kiradi. Masalan: Borovkovning «O`rta Osiyo tafsiri leksikasi». E.Fozilovning «Староузбекскийязык» va boshqalar. Terminolog ik lug`atlarda biror fan yoki biror kasbga oid terminlar beriladi: S.Ibrohimovning «Paxtachilik terminlari lug`ati» (1934) N.Mamatovning «Paxtachilik terminlarining qisqacha izohli lug`ati» (1964), N.Hotamovning «Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at» (1960) va boshqalar.
So`zlik lug`atning mazmunini tashkil etadi. So`zlik lug`at uchun tanlangan so`zlar ro`yxati bo`lib, bu ro`yxat ma’lum tartibda beriladi. Mana shu so`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan lingvistik lug`atlar 3 tipga bo`linadi:
1) alfavit tartibli lug`atlar; 2) tematik lug`atlar; 3) uyali lug`atlar.
Alfavit tartibli lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati alfavit tarzida beriladi. Alfavit «sirtqi» va «ichki» tartib bo`yicha beriladi.
Tematik lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati ma’lum mavzularga bo`lib beriladi, bunda so`zlar avval so`z turkumlari bo`yicha ajratilib (ot, sifat, fe’l) so`ngra ular ichki tematik bo`linishlar bilan beriladi. Tematik lug`at 1975-yil Toshkentda nashr etildi. Tuzuvchilar N.Tixonov, N.Hotamov, S.Emelyanova, M.Tixonovalardir. Lug`at so`zligidagi so`zlar 16 tematik qismga bo`lingan bo`lib, yer, osmon, qazilma boyliklar, o`simliklar, odam kabi nomlangan. Lug`at ruscha-o`zbekcha tarjima lug`atidir.
O`zbek leksikograflari oldida uyadosh so`zlar lug`atini yaratish vazifa bo`lib turibdi. Xuddi shuningdek «O`zbek tili izohli lug`at»ni hozirgi sistem tilshunosligi nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqish va baholash lozim. Bunda H.Saidova, R.Safarova, B.Qilichev, G.Ne’matova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanish zarur.


Glossariy - izohlab (Izoxli G.) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima G.) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. G. alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izohi ilova qilinadi.
Glossariy koʻproq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid daryoliklarda uchraydi. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid G.lar ham bor. Mas, Vedalarga (mil. av. 1-mingyillik), Gomer asarlariga (mil. av. 5-asrdan boshlab) oid G.lar.
Yüklə 25,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin