Soha xodimlarining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash


Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash



Yüklə 8,7 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü8,7 Kb.
#203536
1   2   3

Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash.


Mehnat muhofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig‘i o‘rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo‘lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan.

Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Mehnat muhofazasi ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish, baholash ishlarini barqarorlashtirish.

2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muhofazasi masalalarini tashviqot qilish.

3. Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.

4. Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik holatini me’yorlashtirish.

5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.

6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini yaratish.

7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.

8. Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha kasb tanlovi o‘tkazish.

9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish va hokazo.

Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo‘llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1980-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiy hujjat hisoblanadi.


Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligiga bog‘liq qoida, norma, yo‘riqnomalar katta ahamiyatga ega.

Yüklə 8,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin