Bunda korxonada ishlab chiqilgan sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarining buzilishi oqibatida ish rejasining buzilishiga, kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa salbiy hodisalar ro‘y berishi mumkin. Ular uchun intizomiy javobgarlik ta’sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, 3 oy muddat bilan past oylik yoki past lavozimli ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish javobgarligi qo‘llaniladi. Rahbar shaxslar uchun: ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimni pasaytirish, ishdan bo‘shatish javobgarligi qo‘llaniladi.
Ma’muriy javobgarlik.
Bunday javobgarlik asosan mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi va u 3 turda belgilanishi mumkin: 1. 2. 3. axloqiy xarakterdagi javobgarlik (ogohlantirish, tanbeh); shaxsiga taalluqli javobgarlik (vazifasidan chetlatish, axloq tuzatish ishlari, ma’muriy qamoq jazosi). mablag‘ yoki pul undirish javobgarligi (jarima yoki musodara qilish);
Jinoiy javobgarlik.
Bunday javobgarlikka mehnat xavfsizligi qoidalarining qo‘pol buzilishi natijasida og‘ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og‘ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz hodisa o‘lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodimlar tortiladilar. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlashtirish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilanadi.
Moddiy javobgarlik.
Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilar korxona ko‘rgan moddiy zararni qoplashga yo‘naltirilgan javobgarlikdir. Moddiy javobgarlik chegaralangan yoki to‘liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda korxonaga yetkazilgan zarar korxona rahbari buyrug‘iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmaslik