Soha xodimlarining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 8,7 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü8,7 Kb.
#203536
1   2   3

Umumiy norma qoidalarga «Qurilish norma va qoidalari» (SNIP), «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari» (SN-245-71), «Nurlanish xavfsizligi qoidalari» (NRB 78), «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari» (PUE), «Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarini tanlash qoidalari» (PIVRE), «Bosim ostida qo‘llaniladigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari» va boshqalar.

MXST – bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi:

1. Tashkiliy-uslubiy standartlar – GOST 0.001-82, GOST 12.0.002 - 74, GOST 12.0.003-74, GOST 12.0.003 - 79.


2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari – GOST 12.0.003-74.
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari –
GOST 12.2.003-74.4.
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari –
GOST 12.3.003-74.5.
5. Ishchilarning himoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari – 12.4.001-74.1973 yildan e’tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi.

Хavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish.


Mehnat muhofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Buning uchun mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari rejasi tuzilishi kerak.
Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o‘z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi.

Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar.


Bunga qo‘shimcha himoyalovchi va muhofaza qiluvchi to‘siq qurilmalarni o‘rnatish, muhofaza qilishning avtomatik turkumlarini qo‘llash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlarni mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi.
Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari holatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh va oyoq kiyimlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish xonalarini, ko‘rgazmali qurollarni tashkil qilish va boshqalar kiradi.
Yüklə 8,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin