Mehnat muhofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig‘i o‘rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo‘lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan.
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muhofazasi masalalarini tashviqot qilish.
3. Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.
4. Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik holatini me’yorlashtirish.
5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.
6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini yaratish.
7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
8. Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha kasb tanlovi o‘tkazish.
9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish va hokazo.
Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo‘llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1980-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiy hujjat hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligiga bog‘liq qoida, norma, yo‘riqnomalar katta ahamiyatga ega.