Sohadagi texnik tizimni ifodalovchi muhandis masalalarini yechis-fayllar.org
Bunday masalalar uchun asosiy amal kiritish-chiqarish amallari bo’lib, ma’lumotlar massivini ishlash jarayonida hisoblashlar nisbatan kam va sodda bo’ladi. Mazkur masalalarni dasturlash uchun yangi algoritmik tillar ishlab chiqildi.

Hozirgi kungacha mingdan ortiq dasturlash tillari yaratildi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Algol-60, Fortran, KOBOL, RL/1, Algol-68, LISP, SIMULA-67, EPSILON, BEYSIK, PROLOG, YASD, ADA, IPL, PASKAL, RAPIRA, TURBO-BEYSIK, TURBO-PASKAL va boshqalar. Hozirgi paytda dasturlash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin, shuni aytish kerakki har qanday dasturlash tili o’zining qo’llanilish sohasiga ega. Oxirgi paytda bir qancha tillarning umumlashtiruvchi dasturlar tizimi ishlab chiqildi. Hozirgi paytda u yoki bu belgisi bo’yicha turkumlash mumkin bo’lgan bir necha ming dasturlash tili mavjud.
Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha turkumlash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga ko’ra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bog’liq va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.

5. Mashinaga bog’liq tillar o’z navbatida mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Darajasi 0 bo’lgan mashina tili darajalarini sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
Mashinaga mo’ljallangan tillarning ikki darajasi farq qilinadi. Birinchi darajaga mnemokodlar, ikkinchisiga avtokodlar kiritiladi.
Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanadi, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin, mnemokod mashina tilidan shu bilan farq qiladiki, unda amal kodlari mos harfli (mnemonik) belgilar bilan, operantlarning raqamli adreslari esa harfli yoki harf-raqamli belgilar bilan almashtiriladi.