O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-23CHI -20 – guruh talabasi Bafoyeva Fazilaning
“B2 DARAJADAGI O`RGANUVCHILARGA GAPIRISHNI O`RGATISH METODLARI”
Mavzusidagi
KURS ISHI
5111400 –Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Bobojonova N.J. Buxoro -2022
MUNDARIJA:
CHET TILIDA GAPIRISHNI O'RGATISH YO'LLARI..................................2
B2 DARAJADAGI INGILIZ TILI O’RGANUVCHILARGA CHET TILINI O'QITISHDA AUDIOMATN BILAN ISHLASH USULLARI.......................7
CHET TILLARNI O’RGANISHGA IJOBIY MUNOSABAT YARATISH.....................................................................................................11
CHET TILIDA GAPIRISHNI O'RGATISHDA AUDIO MATERIALLARDAN FOYDALANISH......................................................18
B2 DARAJADAGI TIL O’RGANUVCHILARIGA INGLIZ TILIDA GAPIRISHNI O’RGATISHDA ISHLATILADIGAN TURLI QIZIQARLI MASHQLAR....................................................................................................
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. CHET TILIDA GAPIRISHNI O'RGATISH YO'LLARI Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi qilib hozirgi kunda xorijiy tillarni o’qitish metodikasi eng muhim omillardan biridir. Bu masala Respublika Xalq Ta’limi Vazirligining markazida turibdi. Umumta’lim maktablarining o’quvchilarini tarbiyalashda va ularni xorijiy tillarini mukammal bilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar xorijiy tillarni o’qitish sohasida ulkan ishlarni bajarmoqdalar.1 Barcha sinflar uchun o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Shunday ekan chet tili darsi boshqa o’quv predmetlardan ikki tarafi, yani dars maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi. Chet tili o‘qituvchisi darsni rejalashtirish va dars turlariga hamda chet tili darsni rejalashtirsa va darsni zamon talabiga va dars maqsadiga mos tog‘ri tashkil qila bilsa darsning samaradorligi va yakuniy natija kafolatlanadi. Chet tili darsini rejalashtirishda chet tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish, sinfdagi o’quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish, o‘qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko‘nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, zamonaviy chet tili darsiga qo‘yilgan asosiy talablarni bilishga e‘tibor qaratmoq kerak. Agar darsga qo’yiladigan zamonaviy talablarni sanab o’tadigan bo’lsak: 1) chet til haqida qoidalar (ma’lumotlar) ni bayon etish emas, ko’nikma va malaka hosil qilish darsining asosiy maqsadlar, 2) nutq amaliyotini mashqlarga kommunikativ yo’nalishdan nutq jarayoniga taqlid qilinadi, 3) darsda chet tili materialini metodik tashkil qilish bir butunlik shaklida ro’yabga chiqadi (nutq namunasi barcha mashqlarga asoslanib birlik hisoblanadi), 4) xar qaysi nutq faoliyati turi o’ziga mos mashqlar tizimi yordamida o’rganiladi, 5) darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi maqsadlari bo’ladi, 6) dars samaradorligi o’quvchilar faolligi bilan o’lchanadi, 7) darsda nazorat mazmuniy ruhda bo’ladi, 8) imkon boricha dars chet tilda olib boriladi, 9) o’quv materialining mazmuni, puxta ishlab chiqarilgan metodik usullar va ko’rgazmalilik yordamida o’quvchilarda qiziqish va bilimga intilish o’rgatiladi, 10) dars tarkibiy va umumtalimiy vazifa yodlab, o’quvchilar saviyasini ko’tarish, bilish maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush qo’shadigan tadbiridir, 11) dars jarayonida o’quvchilarni yoshi va tahlil bosqichi etiborga olinadi, 12) chet tili darsi nutq faoliyatini tanlashda ma’lum til materialini ko’llashning bir pag’onasidir. Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o‘qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketma-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko‘nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlash va uni bartaraf qilish yo‘llarini va tegishli mashqlarni tuza bilish lozim. Chet tilining qiyinchiliklari darslik muallifi tomonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Oʼqituvchi ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va chet tili hodisalari muqayasasini tahlil qiladi. O’sha kichik til birliklariga e’tiborini kuchaytiradi, zarur bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi. Mashqlar ketma-ketlini ta’minlash. Hozirgacha shaklllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilishi mashqlar tartibini belgilab chiqish natija beradi. Taqdim etiladigan va ilgario’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibigaa kiritish niyatida uch bosqichli –shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.2 Darsning mashqlari talab va materialini muallim sinchiklab yaxlit qiladi. Darslikdan va o’zi beradigan mashqlar bajarilishning eng samarali tartibi ishlab chiqiladi. Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyargorlik chog’ida o’quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlariga va o’quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o’quv metodik kompleks tarkibidagi va qo’lda yasalgan audiovisual vositalarni ishlatish va ulardan foydalanishning usullari o’ylab qo’yiladi. O’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatida amal qiladigan xatti — harakatlar darsga tayyorlanish puxta o’ylab chiqiladi. O’qituvchida kasbiy pedagogik malakalar (rejalashtirishning,tadqiq etish, tashkil qilish va tarbiyalash), metodik malakalar (o’rganish tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini o’quvchilar yoshi va shaxsi xususiyatlaarini bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak. O’qituvchi rejalashtirishning malakasini egallab til materiallarini tanlash, o’rgatish, o’quvchilar bilan munosabatda bo’lish, darsni tashkil kilishga qodir bo’ladi. Zamоnaviy chеt tilini o’qitish mеtоdikasida darsni rеjalashtirish, darsga tayyorlanish masalalarini «Didaktik analiz» mоdеli asоsida yеchish tavsiya etiladi. Darsga tayyorlanishda o’qituvchi bir nеcha savоllarga javоb bеradi, qatоr qarоrlar qabul qiladi. «Didaktik analiz» mоdеli mеtоdik jihatdan asоslangan qarоrlarni qabul qilishga imkоn bеradi. O’qituvchi har bir qarоrni navbatma-navbat puхta o’ylanib оlishi mumkin bo’ladi. «Didaktik analiz» mоdеli darsga tayyorlanishda o’qituvchi qanday qarоrlar qabul qilishini va ularning kеtma-kеtliligini ko’rsatadi. Ammо o’qituvchi bundan tashqari o’quv jarayoni qanday o’tadi, dars qanday etaplarga bo’linadi, bu etaplar qanday kеtma-kеtlilikda amalga оshirilishini bilishi kerak. O’qituvchi rejalashtirish payida “O‘quvchilar nimani o’rganishi lozim?”, ”O’quvchilar nima qilishlari kerak?”, O’quvchilar qanday qilib ishlaydilar: yakka bo’lib,ikki bo’lib, uch, to’rt odamdan iborat guruhlarga bo’linibmi yoki…”,: “O’quvchilar faoliyati nima bilan nimaning yordamida amalga oshadi?”, darsga qanday o’qitish vositalari, yordamchi vositalar bilan materiallar o’quvchilarga taqdim etiladi (magnitafon, qarta va h.k), “O’qituvchi nima qilish kerak?” savoliga javob berish hamda ushbu savollarga yechim topishi lozim. Shunda dars maqsadida yetladi. Chet til o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadlarning ko’ngildagidek ro’yobga chiqishda o’quv jarayonini to’g’ri rejalshtirish ulkan axamiyat kasb etadi. Rejalashtirish o‘rta makablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o‘rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir.3 Rejaning qaysi tipi bo‘lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o‘quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida ma‘lum bir davrga bo‘lib o‘rganishni taqazo etadi va tegishli ko‘nikma va malakalarni o‘stirishni nazarda tutadi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o‘z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo‘linadi. Unda o‘rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o‘rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko‘lami, nutq shakllarining o‘sish darajasi, o‘tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta‘kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog‘i lozim. Agar biron bir sababga ko‘ra rejaga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o‘z aksini topishi kerak. Chet tili o‘qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o’qituvchi zarur hollarda unga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma‘lum mavzuni o‘rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir Xulosa qilib aytganda o’qituvchining har bir metodik dars etaplariga yondashishi maksimal o’ylangan va maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan bo’lishi shart. Har bir o’quvchining amaliyotida qo’llanishi kerak bo’lgan mashqlar uning Bilim, Malaka, Ko’nikmalarini rivojlantirib boradi. Dars qancha turlicha loyihalansa, birbiridan farq qilib, o’quvchining qiziqtira olsa, bu o’qituvchining ijodiy yondoshishi mahsuli bo’lib qoladi. O’zbekiston respublikasida chet tillarni o’qitishga bo’lgan katta e’tibor etishib chiqayotgan kadrlarning nafaqat respublika miqiyosida, balki halqaro miqiyosda o’z ish faoliyatlarini olib borish imkoniyatini oshirishga qaratilgan say harakat deb qarashimiz mumkin. Hozirgi kunda jamiyatning har bir sohasida halqaro aloqalarga qaratilayotgan e’tiborning kuchayib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham turli sohalardagi kadrlarning oldiga qo’yilayotgan talablar orasida chet tillarni va kompyuter savodhonligiga qo’yilayotgan talab juda yuqoriligi bejizga emas. Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish maqsadida respublikamizda chet tillarni o’qitishda komyuter texnologiyalardan foydalanishning turli samarali yo’llari va metodlarini izlash yoki yaratish va chet tillarni o’qitishda ularni tadbiq etish kabi vazifalarga e’tibor qaratilmoqda. Komputer texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni o’qitish nafaqat talabalarning tilni o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshiradi, balki bir vaqtning o’zida talabalarda kompyuter savodhonligini ham mustahkamlab borishga hizmat qila oladi. Uzluksiz ta’lim tizimida mahsus maqsadlar uchun horijiy til (English for Specific Purpose) ni o’qitishga bo’lgan e’tiborni va uni o’qitishdagi sifatni oshirish yo’lidagi say harakatlarni respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi turli islohotlardan ham kuzatishimiz mumkin. Respublikamiz uchun muhim sohalardan deb hisoblangan iqtisod, ishlab chiqarish, qishloq ho’jaligi, tibbiyot, texnologiya, fizika kabi sohalarning rivojlanib borishida hozirgi kunda etishib chiqayotgan bilimli va salohiyatli kadrlarning o’rni beqiyosdir. Shunday ekan bu jarayon nolingvistik fakultet talabalariga chet tilini o’qitishda alohida metod va yondashuvni talab etadi. Shu maqsadda, ushbu maqola mahsus maqsadlar uchun horijiy tilni o’qitishda mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari haqida so’z yuritadi. “Moodle” tizimi zamonaviy axborot texnologiyalar va masofaviy o’qitishning mumkin bo’lgan unumli texnologiyalaridandir. Moodle tizimi o’qituvchilarga yangi texnologiyalar negizida individuallashgan ta’lim metodikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takomillashtirish vazifalarini hal qiladigan mukammal onlayn kurslarni tuzish imkonini beradi [1]. Moodle tizimi “masofaviy o’qitish jarayonini mukammal qo’llab-quvvatlovchi keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi — o’quv materialni taqdim etishning turli yo’llari, talabalar bilimini baholash va o’zlashtirishni nazorat etish