Mineral va organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham, birgalikda qo’llanilganda ham mikroorganizmlarning fiziologik guruhlari vakillari soniga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq–bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli tasir ko’rsatib ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini oshirishi aniqlangan.
Tuproq mikrobiologik faolligi uning unumdorligida muhim o’rin tutadi. Chunki tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar gumifikasiya–degumifikasiya xarakterini, tuproqni harakatchan oziq moddalar bilan ta’minlanganligini belgilaydi. Ular o’z navbatida tuproqning boshqa agrokimyoviy va agrofizik xossalariga tasir ko’rsatadi. Shuning uchun tuproq mikrobiologik faolligini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun dala tajribasida Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlarining mikrobiologik faoliyatiga mineral va organik o’g’itlarning tasirini o’rganilgan.