Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari
Tayanch so‘z va iboralar:soha, taqdimot, taqdimot nutqi, taqdimot etikasi, xalqaro loyiha, vebinar, forum, nutq tuzish Nazorat uchun savollar: Taqdimot nutqi, asosan, qaysi uslubga xos?
Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari?
Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi deganda nima nazarda tutiladi?
Lektorlar nutqi nima?
Radio va televideniye nutqi (tili) deganda nimani tushunasiz?
Sahna nutqi nima?
Topshiriqlar: 1-topshiriq. Adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablarini ayting.
2-topshiriq. Adabiy tilni o’rganish va egallash usullari haqida gapiring
3-topshiriq. Adabiy tilni mustaqil o’qish va shug’ullanish orqali o’rganishni qanday sharhlay olasiz.
4-topshiriq. Sohaga oid taqdimot yarating
5-topshiriq. Sohaga oid taqdimot nutqi tuzing.
6-topshiriq. “Salomatligingiz o’z qo’lingizda” mavzusida taqdimot tayyorlang
NAZARIY MA’LUMOT Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqiy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.