Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 697 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida
shakllantirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir
qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg„ulotlarni bajonidil
bajarish, o„z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun
bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o„stiruvchi harakat faolligini
rivojlantirish kerak. To„g„ri tashkil etilgan sayr bolalarni ng jismoniy rivojlanishida
muhim o„rin tutadi.
Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta‟minlash bo„yicha
g„amxo„rlik qilib boradi. Ta‟lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti
bolalarning bilim, malaka va ko„nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish,
bog„chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o„stirishdi
r. MTMi va maktabning boshlang„ich sinfida qo„llani ladigan juda ko„p usullar bir xil
bo„lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratil
gan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy
faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o„qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga
keladigan munosabatlar ning murakkabroq shakllarini egallab olishlarga yordam
beradi.
Tarbiyachining mashug„ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga,
bilish jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTM o„rtasidagi ta‟lim usulidagi
izchillikning asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTMidagi mashg„ulot bir muncha o„ziga xos xususiyatlarga
ega, shu bilan birga ta‟limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib
turadi. Mashg„ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq
belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta‟limning ilmiy asoslangan
metod va usullaridan foydalanish, ta‟lim berish jarayonida bolalarda o„quv faoliyati
elementlari, o„z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma‟lum maqsadga qaratilgan
aqliy ish bilan shug„llanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani
maktab ta‟limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.
Shunday qilib, MTMlari bilan maktab o„rtasida ta‟lim-tarbiya ishidagi izchillik
bola shaxsini aniq maqsad bilan har tomonlama rivojlantirib borish imkonini yaratadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi va maktab o„rtasidagi aloqa ikki yo„nalishda olib
boriladi:
1.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktabning pedagoglar jamoasi
o„rtasidagi aloqa.
2.
Maktabgacha
ta‟lim
muassasasi
bolalari
va
boshlang„ich sinf o„quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.