Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 698 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Maktabning boshlang„ich sinf o„quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib
boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta‟lim berishda bolalar
egallagan bilim, malaka va ko„nikmalarga asoslanadilar.
MTM bilan maktab pedagoglarining o„zaro aloqa o„rnatishlaridan ko„zlangan
asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta‟ limiga
tayyorlash uchun o„quv tarbiyaviy ishlar bo„yicha maktab bilan maktabgacha ta‟lim
muassasasi o„rtasida mustaxkam aloqa o„rnatish, bolalarning maktabda
muvaffaqiyatli o„qib ketishlari uchun MTMsi va maktabda olib bori layotgan ta‟lim
tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktab o„rtasidagi aloqaning mazmuni va
shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.
MTMsi bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar
yuzasidan bir-biri bi lan aloqa bog„laydi. Pedagogik tashviqot ishlari MTMsi
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyach isining va birinchi sinf o„qituvchisini MTMning
maktabga tayyorlov guruhi da va birinchi sinfda olib boriladigan ta‟l im-tarbiyaviy
ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va I sinf dasturi
mazmunini , tayyorlov guruh i bolalari va maktabdagi 1 sinf o„quvchilarining o„ziga
xos xususiyatlarini o„rganishni taqozo etadi. Mana shunday usulda ish olib bori lganda
o„qituvchi va tarbi yachilar maktabni 1 sinf va MTMni tayyorlov guruhidagi bolalarga
xos bo„lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy
rivojlantirshlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini yaxshiroq anglab
olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktab
o„rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o„rnatiladi: o„ qituvchi va tarbiyachilar
bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo„yicha, bolalarni maktabga
tayyorlash bo„yicha birgalikda o„tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama
qilish uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning
yosh xususiyatlarini, ularning MTMdan maktabga o„tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar,
maktab sharoitiga qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo„yicha
tarbiyachi va o„qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba
almashuv va boshqalar kiradi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktab o„rtasidagi uzviy aloqaning
pedagogik vazifasi MTMning tayyorlov guruhida va maktabning 1-sinfida olib
boriladigan ta‟lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari
bilan o„zaro tanishishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasi bilan maktab o„rtasidagi
aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan,
o„qituvchi MTMning tayyorlov guruhiga borib o„zining bo„lajak