Sohaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari bilan tanishish



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,9 Kb.
#208891
1   2   3   4
Romantic Academia Aesthetics School Center by Slidesgo

1-usul. Yangi matematik jumlalarni o’qituvchi o’zi ifodalaydi, o’quvchilar ularni o’zlashtiradi va mustahkamldaydi. 2-usul. Matematik jumlalarni mustaqil ifodalash (“kashf etish”) ga o’quvchilarni tayyorlash. 3-usul. Matematik ifodasi keyinchalik tayyor holda beriladigan yangi jumlalarni ongli ravishda o’zlashtirishga o’quvchilarni tayyorlash. O’rta maktab ish tajribasi shuni ko’rsatadiki o’qituvchilar birinchi usuldan keng foydalangan holda keyingi ikkitasini qo’llashga kam ehtibor beradilar, vaholanki ulardan foydalanish matematika darsida muammoli vaziyat yaratilishiga olib keladi va o’quvchilar yangi bilimlarni mustaqil ravishda faol va ongli o’zlashtiradilar. Bu esa ularda mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otadi va pirovad natijada o’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga olib keladi. Bundan tashqari matematika darslarida o’qituvchilar ko’p hollarda o’quvchilardan o’rganilgan ta’rif va teoremalarni esda saqlanishini tekshirish maqsadida ularni ifodalashni so’raydilar xolos. Shuning uchun ham o’quvchilar ularni quruq eslab qolishga intiladilar.Ular biladilarki, o’qituvchi faqat ta’rifni so’raydi, va shu sababli o’rganilgan matematik jumlani yaxshi tushunmasa ham uni yodlashga harakat qiladilar va unga erishadilar ham, chunki ko’p teorema, ta’rif va aksiomalar sodda bo’lganligi uchun o’quvchilarga tushunarli bo’lib bir necha marta takrorlashdan so’ng ular yod oladilar.

Lekin ta’rifni tushunib olmay turib, muddatidan oldin eslab qolishga urunish ta’lim jarayonida samarali natija bermaydi chunki bu holda o’quvchilar tomonidan uni ongli ravishda o’zlashtrish va mashqlar yechishda qo’llash malakalari tarkib toptirilmaydi. Demak o’qituvchi darsda masalalar yechish jarayonida o’quvchilarda masala sharti bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu matematik jumlalarni ifodalash va ularni qo’llashni talab etsa, o’rgatilgan matematik jumlalar ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga asos yaratiladi. Agar o’quvchilar o’z javoblarini tegishli misollar va teskari misollar bilan mustahkamlasalar natija yanada ijobiy bo’ladi. Bu holda, masalan, o’quvchilar arifmetik ildiz tushunchasi ta’rifini o’rgangandan so’ng, nima uchun √4 arifmetik ildiz, √−4 esa arifmetik ildiz bo’lmasligini tushuntirib bera oladilar. Shuning uchun ham o’rganilgan materialni mustahkamlash hamda bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darslarida o’quvchilar tomonidan matematik jumlalar ongli ravishda o’zlashtirilganligini yoki yo’qligini aniqlash maqsadida o’qituvchi ularni turli vaziyatlarda qo’llash ko’nikmasini talab qiluvchi maxsus mashqlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish manbalaridan biri o’quvchilardek matematik tushunchalarani ta’riflash va teoremalarni isbotlashni mustaqil ravishda amalga oshirish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Ma’lumki, tushunchaga ta’rif berish- bu o’sha tushuncha qamrab oladigan ob’ektlar to’plamini ajratish demakdir, yoki boshqacha aytganda o’quvchilar tushunchani o’rganish uchun yetarli bo’lgan barcha xususiy belgilarini ko’rsatishlari zarurdir. Buning uchun esa, masalan, geometrik tushunchalarni o’rganishda shunday mashqlar sistemasidan foydalanish kerakki, uning natijasida o’quvchilar talab etilayotgan figurani yasashlari va ta’riflanayotgan tushunchani barcha belgilarini ko’rsata olishlari kerak bo’ladi.


Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin