Sohaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari bilan tanishish


—Someone famous Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yilning 31 yanvarida olimlar



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,9 Kb.
#208891
1   2   3   4
Romantic Academia Aesthetics School Center by Slidesgo

—Someone famous

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yilning 31 yanvarida olimlar,

yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori

vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar

muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning matematika fani bo‘yicha

salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional analiz va differensial

tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli

maktablarimiz shakllanib, faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim

Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi ekanini alohida ta’kidladilar. Ko‘plab

xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik

shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar amalga

oshirilayotganini e’tirof etdilar. Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida

O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Institutining Direktori, atoqli

olim, akademik xurmatli Shavkat Abdullaevich Ayupovning davlatimizning eng Oliy

Unvoni- O‘zbekiston Qahromoni Unvoni bilan taqdirlanganlari bir tomondan

xurmatli Shavkat Abdullaevichning ilm-fan, ta’lim va jamoat ishlaridagi ko‘p yillik

bemisl samarali mehnatlarining e’tirofi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xurmatli

Prezidentimizning matematika faniga va matematika ta’limiga va butun

mamlakatimiz matematiklariga bo‘lgan alohida e’tiborlari va cheksiz ishonchlari desam

mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

2. Matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko’lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida bir qancha vazifalar belgilab berildi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturida matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri o’quvchilarda “... izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aqlzakovot rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini to’a olishlariga ko’maklashish” ekanligi qayd etilgan. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda matematik jumlalar (ta’rif, aksioma, teorema) ni kiritish va mustahkamlash uslubi katta ahamiyatga egadir, chunki matematika darslarida o’rganilayotgan o’quv materialining hajmi, mazmuni, o’quvchilarning rivojlanish darajasi va boshqa holatlarga bog’liq holda matematik jumlalarni kiritishning quyidagi uchta usulidan biri qo’llaniladi.


Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin