Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari



Yüklə 237,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.05.2022
ölçüsü237,84 Kb.
#59198
  1   2   3
СТУваА 1-маъруза



1-ma’ruza. “Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari" faniga kirish. 
Reja: 
1. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining maqsad va vazifalari. 
2. Texnologik o‘lchashlarning rivojlanish bosqichlari va uning ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotga ta’siri. 
3. Metrik tizimni joriy etilishi. 
Tayanch so‘zlar: texnologik o‘lchashlar, o‘lchash, antropometrik o‘lchash 
birliklari, sifat masalasi, o‘lchov xossalari, metrik tizimning joriy etilishi. 
 
1. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining maqsad va 
vazifalari 
Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fan sifatida o‘lchashlar, ularga 
bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Texnologik 
o‘lchashlar aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm 
yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, texnologik 
o‘lchashlar - o‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda 
rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, 
ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari 
va vositalari yordamida ularning birliligini, yagona o‘lchashni talab etilgan 
aniqlikda ta’minlash texnologik o‘lchashlar fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu 
sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy 
bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada texnologik o‘lchashlar bilan bog‘liq. Inson 
qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari 
yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin 
bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. SHuning uchun ham texnologik o‘lchashlar 
asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash 
texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun 
muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Texnologik o‘lchashlar fani texnika, menejment va marketing sohalari 
yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan 
fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda 
texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy 
tushunchalarni shakllantiradi. 
Texnologik o‘lchashlar asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq 
xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-
chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik masalalar 
bilan shug‘ullanish borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar 
esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha 
tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va 
chuqurlashuvchi texnologik o‘lchashlar, kvalimetriya, sifatni o‘lchash bo‘yicha 
fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi. 
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning 
asosiy baholash kriteriyasi (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z 


ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda 
ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun 
mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning 
virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.

Yüklə 237,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin