Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
bastakorlar ijodi

Jo‘raxon Sultonov
(1893–1965)
O‘zbekiston xalq hofizi, xushovoz xonanda, 
mohir sozanda, yetuk bastakor, xalq hofizi 
Jo‘raxon Sultonov 1893-yil Marg‘ilonning 
«Podsho Iskandar» mahallasida Sultonboy 
oshpaz Xudoynazarov oilasida dunyoga keldi. 
Otasi musiqa shaydosi, turli cholg‘ularning 
ijrochisi bo‘libgina qolmay, yaxshigina xonanda 
ham edi. Jo‘raxon Sultonov yoshlik chog‘laridan 
zamonasining yetuk xonandalari, qiziqchilari, so‘z ustalari
sozandalar ijrolarini eshitishga, xonishlaridan bahramand bo‘lishga 
imkoni bor edi.
Yetuk hofiz Mamatbuva Sattorovdan katta ashula, mumtoz 
musiqa ijrochilik sirlarini o‘rganish bilan birga ularning ilmiy 
jihatlarini ham qunt bilan o‘rganishga urindi. Musiqiy ohang va 
ayniqsa, mumtoz adabiyotni o‘zlashtirishga katta e’tibor qaratdi. 
Farg‘ona vodiysining Erka Qori, Hamroqul Qori, Sodirxon Hofiz
Madumar Hofiz, Zebo Pari, Mulla To‘ychi Hofiz, Hoji Abdulaziz 
Abdurasulov kabi ustoz san’atkorlar ijro uslublarini o‘zlashtirdi. 
Ularning an’analarini munosib idroklab, zamonasiga xos, vodiy 
an’anasiga mos o‘z ijro uslubini yaratishga muyassar bo‘ldi.


63
Jo‘raxon Sultonov ijro uslubining negizida, mumtoz ashulalarning 
yovvoyi uslubdagi (usul erkinligida) talqini yotadi. Uning xarakterli 
jihatlari bastakorlik ijodida ham o‘z ifodasini topgan. Ijodkor 
bastakorlik faoliyatida ko‘proq mumtoz musiqaning murakkab 
hisoblangan talqin, nasr va savt yo‘llarida erkin rivoj topadigan 
asarlar yaratgan. Mumtoz usullar asosida yaratgan asarlarining 
xarakterli tomonlari uning «Bo‘lmasa», «Guluzorim qani», «Bir 
kelsun», «Naylayin», «Oh kim», «O‘lmasun» kabi asarlarida mu-
jassamdir. Qayd etish joizki, bastakor o‘z uslubini ifoda etishda 
maqom sho‘balarining tuzilish tarkibi qiyofasidan kelib chiqib, katta 
ashulaning tarkibiy tuzilishi hamda kuy rivoji xususiyatlariga aso-
slanib shakllantirgan. 
Jo‘raxon Sultonovning ijro uslubiga xos bo‘lgan jihatlardan biri, 
bu aniqlik, shiddat va maqsadni tez belgilab olishdir. Shu bois mu-
hammas shakli asosida tarkib topgan asarning birinchi misrasining 
talqinida kuyning barcha pog‘onalari (diapazoni) qamrab olinadi. 
Katta ashulaga xos bo‘lgan asar matnlarini kuylash, asosan, badiiy 
nutqqa yaqinroq tarzda amalga oshiriladi. 
Jo‘raxon Sultonov ijodidan o‘rin olgan asarlar, uch muhim aha-
miyatga egadir. Birinchidan – erkin ijroga xosligi; ikkinchidan – 
badihaviylikka moyilligi va uchinchidan – ma’lum usul va vaznga 
asoslanganligidir. 
Jo‘raxon Sultonov ijodining yana bir muhim tomoni – erkin 
tal qinning cholg‘u bilan uyg‘unligini ta’minlab berishda namoyon 
bo‘ladi. Bunga yorqin misol bastakorning Muqimiy g‘azaliga bitgan 
«Ul mahliqo kelsun» ashulasidir. 12-misol: 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin