67
yoygan hamda davriga munosib shogirdlar tarbiyalagan. Uning ijro
repertuarida yigirmadan ortiq dostonlar o‘rin olgan. «Go‘ro‘g‘li»,
«Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Xirmondali», «Avazxon», «Oshiq
Mahmud», «Bozirgon» dostonlari shular jumlasidandir. Bola baxshi
94 yoshgacha doston ijrochiligida faoliyat olib borib, bu san’atning
sirlarini shogirdlariga meros qoldirgan. Hozirda bu an’anani uning
shogirdlari hamda o‘g‘illari Norbek, Matyoqub, Matnazar va
Yetmishvoylar davom ettirmoqdalar.
Xorazm zamonaviy bastakorlik
ijodiga dostonlarning shakl-
lanishida Bola baxshining o‘rni beqiyosdir. Avvalo, o‘zining yaratgan
qo‘shiqlari, qolaversa, shogirdi Komiljon Otaniyozov ijodida
doston yo‘llariga xos asarlarning el orasida ommalashganligi bunga
yorqin dalildir.
Xorazm bastakorlik ijodiyoti qadimiyligining
yana bir isboti
maqom san’atidir. Azaldan Xorazm musiqa merosidagi maqomlar
ijodiyoti o‘tmish bastakorlarining amaliyotida qaror topganligi
sir emas. Xorazm
vohasida Xorazm maqomlari, dutor maqomlari
hamda suvoralar kabi maqom yo‘llari mumtoz musiqa namunalari
sifatida
shakllanib, rivojlanib kelgan. Musiqa bilimdonlarining bu
boradagi ijodiyoti yozma manbalarda o‘z ifodasini topgan. Eng
muhimi, ijodiyotning ushbu tarmog‘iga katta e’tibor bilan qaralgan.
«Masalan, Muhammad Rahimxon Soniy (1864–1910) o‘z saroyiga
adabiyot va san’at arboblarini to‘playdi. O‘zi
Feruz taxallusi bilan
she’rlar yozadi. Xorazm maqomlarining cholg‘u va aytim qismlariga
ko‘pgina musiqalar bastalaganligi borasida Xorazm tarixchasida
ma’lumotlar keltirilgan»
1
. Xususan, «Muhammad Rahimxon
Soniyning «Shashmaqom»ga bog‘lagan nag‘malari ushbulardur:
1. Rost maqomina: «Muhammasi jadidi Feruz», «Musaddasi jadidi
Feruz» (cholg‘u qismi). 2. Navo maqomina: «Saqili Feruz shohi»,
«Chor usuli Feruz». 3. Dugoh maqomina: «To‘rtinchi Peshravi Feruz»,
1
Xorazm maqomlari (uch tomlik. To‘plovchi M. Yusupov). 1-tom. –
T., 1980. 5-b.
68
«Saqili Feruz shohi». 4. Segoh maqomina: «Saqili Feruz shohi»,
«Se usuli Feruz shohi», «Chor usuli Feruz». 6. Iroq maqomina:
«Birinchi muhammasi Feruz shohi», «Ikkinchi
muhammasi Feruz
shohi». 7. Panjgoh maqomina: «Saqili Feruz shohi» bo‘lib, jami o‘n
uch nag‘ma bog‘lagandur»
1
.
XIX asr oxiri va XX asr boshlari Xorazm bastakorlik maktabining
yirik namoyandalari sifatida Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov,
Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Safo
Mug‘anniy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov kabi san’at
namoyandalarini keltirish joizdir. Avvalo,
ularning ijodi asosan
maqom va maqom yo‘llariga xos hamda suvoralar ijodiyoti bilan
bog‘liq.
XX asr ikkinchi yarmi va XXI asrda Xorazm xalq bastakorlik
san’atida o‘ziga xos rivojlanish sezilmoqda. An’anaviy musiqada
o‘zlashtirish jarayoni kechayotgan bo‘lsa,
xalq bastakorligida
zamonaviy milliy estradaga e’tibor sezilmoqda. Xonanda bastakorlar
ijodi o‘ziga xos ravnaq topayotganligini kuzatish mumkin. Jum-
ladan, Otajon Xudoyshukurovning bastakorlik ijodida 300 ga yaqin
musiqiy namunalar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: