Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
bastakorlar ijodi

O‘lmas Rasulov
Zamonaviy o‘zbek bastakorligining yorqin 
namoyandasi, mohir sozanda va xonanda, 
O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov 
1951-yilning 
12-yanvarida 
Surxondaryo 
viloyatining Denov tumanida dehqon oilasida 
tavallud topgan. Besh yoshlarida og‘ir 
kasallikdan so‘ng uning ko‘zi ko‘rmay qoladi. 
1958-yildan Buxoro shahridagi 24-ko‘zi ojizlar 
maktab-internatida ta’lim oladi. Shu kezlarda ustozi Aminjon 
Nasriddinovdan g‘ijjak chalish sirlarini o‘rganadi. Mumtoz 
musiqaga ko‘ngil bog‘laydi. Bu urinish uning musiqiy iste’dodini 
namoyon etishga asos bo‘ladi. 6–7-sinfda o‘qib yurgan kezlaridayoq 
musiqa ijodiyoti bo‘yicha o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Habibiy so‘ziga 
bastalagan «Bo‘stonlarim bor» ashulasi uning bastakorlikdagi 
ilk asari hisoblanadi. Shundan so‘ng g‘ijjak sozi uchun bir qator 
kuylar yarata boshlaydi. 1967-yildan Buxoro musiqa bilim yurtiga 
o‘qishga kiradi. Bu dargohda maqom bilimdonlari Ma’rufjon 
Toshpo‘latov, Qodir Subhonovlardan maqom sirlari bo‘yicha saboq 
oladi. 1971-yili Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. 
Konservatoriyada avval Obid Xolmuhamedovdan, so‘ng 1972-yili 
«Sharq musiqasi» kafedrasida Faxriddin Sodiqovlar sinfida saboq 
oladi.
1976-yili konservatoriyani bitirgandan so‘ng uning ijrochilik va 
bastakorlik faoliyati pedagogik jarayon bilan uyg‘unlikda kechadi. 
Pedagogik faoliyat har ikki ijodiy va amaliy, ya’ni sozandalik va 
bastakorlik ijodiga har tomonlama madad beradi. Avvalo, bu jarayon 
bevosita amaliy laboratoriya vazifasini o‘tasa, ikkinchidan, ijod 
uchun katta imkoniyatlar hosil etishi bilan muhim ahamiyat kasb 
etadi. 


127
Bastakor ish faoliyatini Buxoro musiqa bilim yurtida 
1976–1987-yillar davomida; 1987–1995-yilgacha O‘zbekiston davlat 
konservatoriyasida; 1995–2000-yillar Buxoro davlat pedagogika 
universitetida, 2002-yildan Toshkent musiqa kolleji, hozirgi davrda 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida pedagogik va 
ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Shu bois, O‘lmas Rasulovning 
pedagogik va ustozlik faoliyatidan bir qator shogirdlar saboq olib 
respublikamiz san’ati rivojiga katta hissa qo‘shayotgan san’atkorlar 
qatoridan joy olgan. 
O‘lmas Rasulov o‘zining ijrochilik faoliyatida katta yutuqlarga 
erishgan va ustoz sozanda sifatida o‘z obro‘ va e’tiboriga egadir. Eng 
muhimi, o‘zbek g‘ijjak ijrochiligi amaliyotida o‘zining ijro uslubini 
yaratgan va shunga xos maktabni shakllantirgan ustoz sozandadir. 
Faoliyatining eng yuqori cho‘qqilarida musiqa ijodiyotiga 
murojaat etgan bastakor, musiqaning ushbu sirli olamida betakror 
asarlar yaratishga va bu asarlar o‘zbek xalqining eng mukammal 
asarlari qatoridan o‘rin olishini har tomonlama asoslashga harakat 
qilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorlik ijodiyoti shakllanish 
jarayonining o‘zidayoq O‘lmas Rasulov, avvalo, o‘zbek mumtoz 
musiqasi, ya’ni «Shashmaqom»ga oshiq bo‘lishi, o‘rganishi 
va unga doimo tayanishi asosiy maqsadi ekanligini anglagan. 
Butun ijodida «Shashmaqom» kabi har tomonlama mukammal 
asarlar yaratishga harakat qilgan. Xoh u oddiy kuy yoki mumtoz 
uslubda bo‘lsin, qo‘shiq yoki ashula, har bir asarda aynan uning 
maqomlarga xos bo‘lgan ijodiy munosabatini ko‘rish mumkin. 
Lekin har bir janrning o‘z qoidalari mavjud. Ana shu jarayonlarda 
mavrigi yoki xalq qo‘shiqchiligidagi ijodiy an’analar o‘zining 
shakl-u shamoyili va ijroviy xususiyatlari bilan mutanosib 
shakllantirishni talab etgan. 
O‘lmas Rasulov an’anaviy musiqa ijodiyotining bir qator janrlarida 
turkumiy, alohida janrlarda asarlar yaratgan. «Bobur», «Layli va 
Majnun», «Kecha va kunduz», «Imom al-Buxoriy» videofilmlariga 


128
bastalagan musiqalari shular jumlasidandir. Videofilmlarning 
har birining o‘z mavzusi, xarakteri bor. Ular o‘z mavzusiga xos 
musiqani talab etadi. Bastakor munosabatlarining mutanosibligi va 
har bir videofilm xarakteriga mos asarlar bitganligi bastakorning 
xalq orasida tanilishiga va keng ommalashishiga sabab bo‘ladi. 
O‘lmas Rasulov o‘zbek musiqasining tarixi va nazariyasini qunt 
bilan o‘zlashtirgan, tarixiy musiqiy risolalarni o‘qib idroklagan 
san’atkordir. Musiqamiz merosi va uning negizida qaror topgan 
nazariy tamoyillarni ham nazariy va o‘zining ijrosida sinab, amaliy 
o‘zlashtirishga muyassar bo‘lgan musiqa bilimdonidir. Shu bois, 
uning asarlarida musiqiy meros an’analari o‘ziga xos davom 
ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorning ijodida cholg‘u kuylari 
alohida o‘rin egallaydi. Musiqa ijodiyotining ushbu jabhasida 
bastakor o‘ziga xos ijod etganligi va ilk sozandalik amallariga 
uyg‘un holda yaratilib kelinganligini e’tirof etish lozim. Ijodiy 
faoliyati davomida «Tahayyul», «Xayol», «Karashma», «Diydor», 
«Seni eslab», «Dil mavji», «Visol», «Tasavvur», «Hijron», «Dil 
tasnifi», «Kamon ufori», «Oypalak» kabi bir qator cholg‘u kuylarini 
yaratadi. Ushbu asarlar bastakorning o‘zi tomonidan goho g‘ijjak 
cholg‘usida, goho manzur cholg‘usida ijro etilgan. Har bir yaratilgan 
kuy, avvalo, mumtozlik kasb etsa, ikkinchidan, o‘ziga xosligi bilan 
bir-biridan ajralib turadi. Muhim jihatlaridan biri, maqom ijodiyotiga 
xos shakllarga egaligidir. Jumladan, «Dil tasnifi» kuyi. 
«Dil tasnifi» kuyining maqomlarga aloqadorligi ko‘rinib 
turadi. Avvalo, uning nomidagi «tasnif» so‘zi bo‘lsa, ikkinchidan, 
kuyning tasnif usuliga mosligidir. Shakl ham bundan mustasno 
emas. Asarning metro-ritmik asosida 2/4 o‘lchovi bo‘lsa-da, tasnif 
usulining qoidasiga mos holda uch taktli kuy hajmiga asoslangandir. 
28-misol. Usul.


129
Asarning shakli maqomlar cholg‘u qismi kabi xona, bozgo‘y 
tamoyiliga asoslangan va Re frigiy tonalligida yozilgan. Birinchi 
xonada kuying asosiy mavzusi berilgan. Mavzu ikkita usul, ya’ni 
uch taktli ikkita jumladan iboratdir. 29-misol: 1-xona (6 takt), 
Bozgo‘y, 2-xona (9 takt):
Kuy ana shunday uslubda rivojlanadi va har bir xonalarning 
rivojida bittadan usul (ya’ni 3 taktdan) qo‘shiladi va diapazon 
jihatidan ham o‘sib boradi. Kuy haqiqiy maqomlarga xos peshrav 
tamoyili bo‘yicha rivojlanib, oxirgi 8-xona 18 taktli rivojlov 
bo‘lim sifatida tarkib topadi va bozgo‘y bilan yakunlanadi. 8-xona. 
30-misol:
Bastakorning o‘zbek aytim yo‘llarida yaratgan musiqiy asarlari 
ham rang-barangligi va turli shakllarga xosligi bilan ajralib turadi. 
Qo‘shiq va ashulalarga so‘z tanlashda ham tarixiy, klassik hamda 
zamonaviy shoirlar ijodiga murojaat etadi. Xususan, u ko‘proq


130
J. Rumiy, A. Jomiy, A. Navoiy, Z. Bobur, B. Mashrab kabi klassik 
shoirlar g‘azallariga, Halima Xudoyberdiyeva, Sadriddin Salim, 
To‘shpo‘lat Ahmad, Samandar Vohidov kabi zamon shoirlarining 
she’rlariga musiqa bastalagan. 
Bastakorning murojaat etgan mavzularining ko‘lami keng. 
Bahoriy kayfiyat, go‘zallik timsollari, ishq-muhabbat bastakorning 
sevimli mavzularidan hisoblanadi. Ijodi davomida yuzdan ortiq 
qo‘shiq va ashulalar yaratgan. Shular orasida Alisher Navoiy 
so‘ziga: «Vaslidin darmoni yo‘q», «Kerak erdi», «Muvofiq kiydilar», 
«Ko‘ngil», «Yaxshi qol», «Nazzora qilma», «Ul otashin la’l»; Bobur 
g‘azallariga «G‘unchadek ko‘nglim», «Ko‘rgaymen»; Mashrab 
she’riga «Dilbari xush adoyiman», «Sig‘madim»; Cho‘lpon so‘ziga 
«Muhabbatning saroyi», «Kimlar» kabi ashulalardir. 
O‘tgan asrda yashab ijod etgan shoirlarning she’rlariga – 
«Parvona», «Qo‘limda paymona» (Mahzuna), «Taronayi sho‘x» 
(M.Gafforova), «Muhabbatning saroyi, «Yupatgay kimlar» (Cho‘lpon) 
kabi ashulalarni xalqona yo‘lga xos ohanglarda yaratishga muyassar 
bo‘lgan.
Bastakorning zamonamizning shoirlari so‘zlariga bitgan 
asarlari ham alohida zamon madhini o‘zida ifodalashi bilan 
xarakterlanadi. «Majnuntol» (T. Hamid), «Kulgimizdan yangrasin 
olam» (E. Vohidov), «Tingla bulbul» (Zulfiya), «Dunyo ketar 
surinib» (H. Xudoyberdiyeva), «Yorim» (Shukur Qurbon), 
«Sevgilim» (J. Jabborov, S. Zohidova), «Kel», «Gulim majnuntol», 
«Shirur keltirdim», «Rayhon etib kel» (T. Ahmad), «Ey, go‘zal», 
«Baxtimiz taronasi», «Buxoroni sog‘indim», «Buxoriy bitta»
(S. Salim Buxoriy) kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir. 
Bastakorning yaratgan ashulalarida maqom yo‘llariga xos ko‘p 
jihatlar mujassam topganligini ko‘rish mumkin. Uning yaratgan har 
bir asari respublikamizning turli vohalariga xos musiqiy an’analar 
bilan sug‘orilgan. Ularning ohanglari ham albatta meros musiqiy 
namunalariga xosligi, yaqinligi bilan ajralib turadi. Bastakorning 


131
talqin uslubi esa uning asarlarining o‘ziga xosligini belgilab turadi. 
Jumladan, Mashrab g‘azaliga bitgan «Sig‘madim» ashulasidir. 
«Sig‘madim» ashulasi bastakorning Farg‘ona-Toshkent maqom 
yo‘llariga xos
1
uslubda va ulardagi hijron ohanglariga yaqin holda 
yaratgan asarlaridan biridir. Shakllari maqomlarga xos bo‘lgan ushbu 
asar garchand hijron ohanglarini eslatsa-da, uning tovushqator tizimi 
sol major tonalligiga asoslangandir. 31-
misol: 
Asarning o‘lchovi to‘rt hissali bo‘lib, o‘ziga zos usul tuzilmasiga 
egadir (kuy misoliga qarang). 
Ashulaning kuy rivoji, ularning tarkibiy qismidan o‘rin 
olgan daromad, miyonxat, dunasr, avj va furovardlarning 
maqom yo‘llariga xosligini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga 
asarda maqomlarda keng qo‘llanilgan navo namudining ham 
ohanglari keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Avjning navo 
namudi ohanglariga yaqinligi yana bir bor maqom tafakkurining 
mavjudligidan dalolat beradi.
O‘lmas Rasulov zamonaviy o‘zbek bastakorligida alohida o‘ringa 
ega bo‘lgan ijodkordir. Yaratgan asarlaridagi o‘ziga xoslik, keng 
qamrovlilik, shakliy mukammallik, tizimli rivojlanish tamoyillari, 
1
«Sig‘madim» ashulasining boshlanish ohanglari bayoti Sheroziy 
turkumining IV, ya’ni talqin taronasiga yaqinligini e’tirof etish lozim. 


132
individual uslubini tashkil etuvchi xususiyatlarning barchasi O‘lmas 
Rasulovning bastakorlik uslubini tashkil etadi. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin