Dolzarbliligi va uslubiyati Auditning predmetiga xо‘jalik yurituvchi subyektlarga dolzarb masalalarda konsalting xizmatlarini kо‘rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga о‘zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni tо‘g‘ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.
Auditning о‘ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xо‘jalik jarayonining о‘zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag‘lar bir shakldan boshqa shaklga о‘zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, о‘z navbatida qabul qilingan qonun - qoidalarga tо‘liq amal qilingan holda erishilgan bо‘ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bо‘lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qо‘llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qо‘llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog‘liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
-solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, kо‘rsatkichlarni о‘zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
-gipoteza usuli (hodisalarning sodir bо‘lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda о‘rganiladi. Bunday usul kо‘pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
-tahlil va sintez usuli (audit obyekti bо‘lgan ma’lum kо‘rsatkich omillar asosida о‘rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
-taftish usuli (korxonaning faoliyatiga tо‘liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan о‘tkaziladi);
-inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat kо‘rsatkichlari laboratoriya yо‘li bilan aniqlanadi);
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli (korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish). [2]