Asosiy qisim
Auditor tekshirish jarayonida meyorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, hо‘jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qо‘llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og‘zaki sо‘rovlar о‘tkazish, tekshirilayotgan korxona bо‘yicha muqobil balans tuzish, audit obyektlari bо‘yicha testlar, anketalar о‘tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular о‘zlariga ma’qul bо‘lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit о‘tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qо‘llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog‘liq bо‘ladi.[3]
Maqsadi
Auditning vujudga kelishi maqsadlarning bо‘linishi, ya’ni bevosita korxonani boshqaruvchilar (rahbariyat, menejer) va korxonaning faoliyatiga mablag‘ qо‘ygan (mulk egasi, aksioner, investorlar). Oxirgilarga bо‘linishi bilan bog‘liq rahbariyat va ularga bо‘ysungan buxgalterlar tomonidan tayyorlangan moliyaviy kо‘rsatkich hisobotlariga tayanishga orqa qilishni hohlamay qoldilar. Tashkilotlarning tezkor qisman inqirozga uchrashi hamda rahbariyat tomonidan axborotlarni bо‘yab aldab kо‘rsatilishi investorlarning mablag‘ qо‘yilishdagi riskni oshirishga sabab bо‘ldi. Aksionerlar ularga taqdim etilayotgan axborotlar ishonchli va haqiqiy holatni aks ettirilayotganligiga ishonch hosil qilishni hohlardilar. Moliyaviy axbortlarning tо‘g‘riligini tekshirish va moliyaviy hichobotlarni tasdiqlash maqsadida maxsus kishilarni taklif qilinar edi ya’ni auditorlar, aksionerlar fikricha ularga ishonish mumkin edi. Auditorlarga bо‘lgan asosiy talab ularning mustaqilliligi va haqqoniy boshlang‘ich davrda buxgalteriya hisobi muhim darajada emas edi. Ammo buxgalteriya hisobining murakkablashishi auditorning ham professional tayyorgarligini talab qila boshladi.
Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar tо‘g‘risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aksioner kompaniyalari bir yilda bir marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va aksionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi. Iqtisodiyotda sodir bо‘ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar xizmatiga bо‘lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bо‘lib xizmat qila boshladi
Foydalanilga adabiyotlar
Audit. Darslik. M.M.Tulaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. T.: Iqtisodiyot, 2010[1]
Audit. Darslik. M.M. Tulaxodjayeva va SH.I. Ilxomovning umumiy tahriri ostida. T.: Norma, 2008[2]
Do’smuratov R. D. Fayziyev Sh. N. va bosh. Audit. O‘quv qo‘llanma, 1-qism. – T.: Iqtisod-moliY. 2008. – 178 b. [3]
Dostları ilə paylaş: |