Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

2.3. Institutsional matritsa
Institutsional matritsa sotsiologiya fani doirasida ishlab chiqilgan bo`lib,
unda sotsiologik tushunchalardan foydalaniladi. Ammo ushbu konsepsiya
jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda hamda huquqiy
jarayonlarni tahlil qilishda qo`llanilishi mumkin.
6
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. 20-бет.


22
Shuni hisobga olib, institutsional matritsaning nisbatan yangi konsepsiyasini
ko`rib chiqamiz. Institutsional matritsaning nazariy g`oyasi jamiyatni tahlil
qilishga nisbatan tarkibiy-tizimli yondashuvni amalga oshiradi.
Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki
davlatlarning paydo bo`lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning
rivojlanishini belgilab bergan, o`z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan
birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar
tizimi.
Bu yerda institutlar sotsium yashovchanligining tashqi sharoitlari bilan
shartlangan jamiyat a’zolari o`rtasidagi muayyan va muqarrar aloqalar tizimi
sifatida tushuniladi. Ushbu holatda gap insonning takror shakllanishini tartibga
soluvchi ijtimoiy institutlar (ular jumlasiga oila, salomatlik va boshqa institutlar
kiradi) haqida emas, balki davlatlarning takror shakllanishini va ijtimoiy hayotning
asosiy sohalarini tartibga soluvchi sotsial institutlar haqida bormoqda.
2.1-rasm. Jamiyatnig institutsional matritsasi
Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning
takror shakllanishini ta’minlovchi o`ziga xos tuzilishini (qobirg`asini) hosil qiladi.
Institutsional matritsa chizma ko`rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni
egallab turgan yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi
ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan (2.1-rasm). Asosiy matritsalar [30]
S.Kirdinaning “Institutsional matritsalar va Rossiyaning rivojlanishi” kitobidan
olingan. Biroq ularga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va
mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko`p jihatdan
boshqaruvchi siyosatchilarga bog`liq bo`lib, ular faoliyatining natijalaridan biri
hisoblanadi. Matritsada ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni
shakllantirishda u katta rol o`ynaydi.
Matritsalarning asosiy va qo`shimcha institutlarning muayyan to`plami bilan
tavsiflanuvchi ikkita xili mavjud – g`arbiy (bozor, demokratik) va sharqiy
(buyruqbozlik, diktatura yoki despotiya) matritsalar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin