Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


O‘zbekistonni 2013-yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

O‘zbekistonni 2013-yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim
ustuvor yo‘nalishlarini belgilar ekanmiz, biz, avvalo, o‘tgan yillarda
iqtisodiyotimizda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli
maqsadlar, shuningdek, jahon bozoridagi real va kutilayotgan, prognoz
qilinayotgan holatdan kelib chiqamiz.
Bugun shuni tan olish kerakki, hamon davom etayotgan global
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda uning oqibatlarini yumshatish va bartaraf
etish bo‘yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi dasturlar va ko‘rilayotgan
chora-tadbirlarga qaramasdan, bu boradagi ahvol, afsuski, yaxshilanmayapti,
ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa uning yomonlashish tendensiyasi
kuzatilmoqda.
Dunyoning ko‘plab yetakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy
byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real
iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid
talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha
qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda.
Kredit oluvchilarning to‘lovga layoqatsizligi, hisob-kitob qilishga qurbi
yetmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy muammolar paydo bo‘lishiga olib
kelmoqda.
Dunyoning eng yirik davlatlari markaziy banklari tomonidan real
aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullarni chiqarish davom etayotgani,
shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar – derivativlarning nazoratsiz
chiqarilayotgani ko‘plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda
jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to‘ldirish, bunday
siyosatni davom ettirish ulkan spekulyativ “ko‘piklar” hosil bo‘lishi, zaxira
valyutalari va milliy valyutalarning qadrsizlanishi, inflyatsiya darajasining

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin