Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-jadval. Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

4.1-jadval.
Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi
Yondashuv nomi
 Mulkchilikning asosiy belgilari
1.
Klassik yo`nalish Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan sarmoya
2.
Faylasuflar va
neoklassiklar
Tashqi dunyo ob’ektlar ustidan nazoratni ularni
o`zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish
3.
Dialektik usul
tarafdorlari
Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan
ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab
chiqarish vositasidan ajratishda namoyon bo`luvchi
ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli
4.
Nemis tarixiy
maktabi
Ijtimoiy o`zaro hamkorlikning asosiy tamoyili
hisoblangan ahloq normasida jamiyat tomonidan oliy va
muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining
kafolati. sifatida tan olish
5. Neoinstitutsional
yo`nalish
Turli shaxslar o`rtasida bir buyumda turli huquqlarning
namoyon bo`lish imkoniyati. buyumga qarashli
vakolatlar tutami
6. Xuquqshunoslar 
Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa
shaxslar imkoniyatlarini cheklash.
7.
Sotsiologlar
Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy iyerarxiyani
o`rnatish usuli
8.
Ernando de Soto
(Peru)
Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish
qobiliyati
Jadvaldan ko`rib turganimizdek, mulkchilikni o`zlashtirib olish bilan
tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo`lsa, huquqshunoslar
uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash


40
mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida
ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar
o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari
nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan
holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining
aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki
ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer
uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan
daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun
bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov
emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi.
Agar huquqlarning muayyan to`plami, masalan, A.Onore tomonidan
sanab o`tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol
uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o`zi yetarli emas, chunki huquq
faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan
huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir
qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik
huquqini o`zida namoyon etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi
o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham,
boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz
kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy xususiyatlarining
yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami
sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari
- qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi.
Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash
mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin