116
«Ixtirolarga nisbatan mulkchilik huquqlari ilmiy-tadqiqot
va ixtirochilik
faoliyatidan erishiladigan samarani oshirdi hamda ilmiy bilim bilan texnika
o`rtasidagi masofani qisqartirdi. Patent huquqi, sanoat sirlarini qonuniy
himoyalash, tovar belgilaridan foydalanishni qonun bilan tartibga solish texnik
ixtirolarning paydo bo`lishi
va keng tarqalishi, ya’ni fanni ishlab chiqarish bilan
birlashtirish uchun zamin yaratdi. Davlat tomonidan intellektual mulkni
himoyalash muammosining hal etilishi uning rolining navbatdagi tubdan o`zgarishi
bo`lishi mumkin, ushbu masalaning dolzarbligi madaniyat va san’atning
rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi «qaroqchilik»ning turli shakllari tarqalishi bilan
shartlanadi.
Xulosa
Shaxslar, kuch ishlatishni amalga oshirish uchun monopoliya asosida davlat
mulkchilik huquqlarini ularning o`zlariga qaraganda
samaraliroq tafsirlashi va
himoya qilishini kutgan holda, o`z faoliyatini nazorat qilish huquqlarining bir
qismini davlatga topshirishadi. Shuning uchun institutsional nuqtai nazardan
davlatning asosiy funksiyasi - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya
qilishdan iborat. Davlatning optimal o`lchamlari ularda
davlat kafil sifatida boshqa
kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga qaraganda samaraliroq faoliyat
ko`rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning optimal o`lchamlari
mutlaq emas, balki tarixan shartlangan.
Dostları ilə paylaş: