35
vaqt ichida boshqa hech kim mulkchilik uchun undanda asosliroq da’vo qilmasa,
mustahkamlanadi.
Ikkinchidan, ikkala an’ana bir biridan sudyaga huquqiy qaror qabul qilish
uchun beriladigan daraja bilan farq qiladi. Fuqarolik huquqida sudyaning xatti-
harakatini «qonunga bo`ysunish» atamasi bilan belgilash mumkin:
uning vazifasi
bahs-munozarali vaziyatni eng asosli tarzda yorituvchi huquqiy normalarni topish
va qo`llashdan iborat. Umumiy huquq sudyaga o`z harakatlarida katta erkinlikni
beradi – u nafaqat mavjud huquqiy normalar talqinchisi, balki ma’lum ma’noda
(pretsedent orqali) uning yaratuvchisi hamdir. Sudya adolatli qaror chiqarish
yo`lini tutishi lozim, lekin bu qarorni qidirish jarayonida u nafaqat mavjud
normalariga, balki adolatning sub’ektiv mezonlariga ham murojaat etishga haqli.
Umumiy huquqda sud qarorlarini shaxslashtirish mexanizmi aynan sub’ektiv omil
asosida quriladi.
Biroq, umumiy huquqning fuqarolik huquqidan biz uchun eng ahamiyatli
farqi mulkchilik huquqining talqin etilishidan iborat. Fransiya, Belgiya,
Gollandiya, Italiya,
Ispaniya, Portugaliya, qator Bolqon mamlakatlarining
fuqarolik kodekslarining asosi bo`lgan Napoleon Kodeksi (1804 y.)dan boshlab,
mulkchilik huquqlari, roman-german an’anasida yagona, cheklanmagan va
bo`linmas huquq sifatida ko`rib chiqiladi. Bu shuni nazarda tutadiki, faqat uchta
asosiy huquq - egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi
va tasarruf etish huquqiga
ega bo`lgan bir kishi qandaydir resursning mulkdori bo`lishi mumkin. Bir resursga
nisbatan mulkchilik huquqi ikkita va undan ko`p sub’ektlar o`rtasida taqsimlangan
vaziyat feodalizm qoldig`i va ushbu tuzumga xos bo`lgan yer egasi - qirol
tomonidan undan foydalanish huquqini o`zining vassallariga o`tkazish sifatida
istisno etildi.
Umumiy huquq huquqlarning murakkab «tutami» sifatida mulkchilik
konsepsiyasidan kelib chiqadi, bunda bir resursga bo`lgan huquq turli insonlarga
tegishli bo`lishi mumkin. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash resursning yagona va
mutlaq mulkdorini belgilashni emas, balki har bir
huquqqa aniq belgilangan
mulkdorning biriktirilishini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, har bir huquqda
o`zining mutlaq egasi mavjud bo`lgan taqdirda, mulkchilik huquqi to`liq
tafsirlangan hisoblanadi. Angliyalik huquqshunos A.Onore mulkchilik huquqlari
bo`yicha huquqlar «tutami»ni ishlab chiqib, har bir huquqning xususiyati bo`yicha
quyidagi ta’riflarni taklif etgan
:
ô
egalik qilish huquqi – «mulk ustidan jismoniy nazorat va mulkdorning
vakillari, agentlar orqali mutlaq nazoratni amalga oshirish istagi»;
ô
foydalanish huquqi – ashyodan (narsadan) shaxsan foydalanish huquqi;
ô
tasarruf etish yoki boshqarish huquqi – ashyo
qanday va kim tomonidan
foydalanilishi mumkinligi to`g`risida qaror qabul qilish huquqi;
ô
o`zlashtirish huquqi yoki daromad olish huquqi – ashyodan avvalgi shaxsiy
foydalanishdan yoki boshqa shaxsga undan foydalanishga ruxsat etishdan
kelib chiquvchi boyliklarga egalik qilish;
ô
qoldiq qiymat huquqi – ashyoni begonalashtirish, iste’mol qilish, sotish,
o`zgartirish yoki yo`q qilish huquqi;
36
ô
xavfsizlik huquqi – ekspropriatsiyadan immunitetni kafolatlovchi huquq;
ô
ashyoning meros bo`yicha yoki vasiyat bo`yicha o`tishi huquqi;
ô
muddatsizlik – agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan bo`lmasa,
huquqlarga egalik qilishning vaqtga ko`ra cheklanmaganligi;
ô
zararli foydalanishni taqiqlash huquqi – agar bu salbiy tashqi ta’sirlarni
keltirib chiqarish bilan bog`liq bo`lsa, ashyodan
foydalanishni taqiqlash
huquqi;
ô
undirish ko`rinishidagi javobgarlik - qarzni to`lash uchun ashyoni olib qo`yish
imkoniyati;
ô
qoldiq xususiyati – kimgadir berilgan huquqni uni o`tkazish muddati
tugaganidan keyin «tabiiy» qaytarilishini kutish.
Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan bunday
yondashuv ancha moslashuvchan bo`lib, bu uni bozorda murakkab bitimlarni
tuzishda, individlar o`rtasida resurslardan foydalanish borasida har qanday
murakkab o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda o`ta samarali vositaga
aylantiradi. Masalan, yollash bo`yicha har qanday bitim huquqlar «tutami»ning
«qismlarga ajralishini» va ijarachi tomonidan uning bir qismiga (kamida
foydalanish huquqiga) ega bo`linishini nazarda tutadi. Huquqlar «tutami»ning
yanada murakkab ko`rinishlari mulkning trast boshqaruvi, lizing, franchayzing va
tijort faoliyatini tashkil etishning boshqa murakkab shakllarini qo`llash chog`ida
yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: