38
Takrorlash uchun savollar
1. Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang.
2. Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud
bo`lganda ham barqaror holatda turuvchi tizimni o`zida namoyon etgan bo`lsa, u
holda o`tish iqtisodiyotining tub beqarorligining sabablari nimada?
3. Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi
utilitarizmning bozor normasidan nima bilan farq qiladi?
4. Amerikalik mashhur siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama
o`zining so`nggi kitoblaridan birida bozor iqtisodiyotidagi ko`tarilish va
pasayishlarni uning sub’ektlari o`rtasidagi ishonch orqali ko`rib chiqadi. Bunday
yondashuv qanchalik asosli?
5. Huquqiy an’analardagi asosiy huquqlarning farqlanish xususiyatlarini
izohlang.
6. Lizing misolida bitim ishtirokchilarining manfaatlarini himoyalash va
ijaraga beriladigan mol-mulkdan samarali foydalanishga undash nuqtai nazaridan
fuqarolik huquqiga nisbatan umumiy huquqning ustunligini ko`rsating.
7. Bir buyumning bir necha egasi bo`lishi mumkinmi? Bir necha
mulkdorlarning mavjud bo`lishi buyumdan samrali foydalanishga to`sqinlik
qiladigan shart-sharoitlarni ko`rsatib bering.
Dostları ilə paylaş: