40
mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida
ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar
o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak.
Mulkchilik huquqlari
nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan
holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining
aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki
ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer
uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan
foydalanishdan keladigan
daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun
bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov
emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi.
Agar huquqlarning muayyan to`plami, masalan, A.Onore tomonidan
sanab o`tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol
uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o`zi
yetarli emas, chunki huquq
faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan
huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir
qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman
fuqarolik
huquqini o`zida namoyon etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi
o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham,
boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz
kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy
xususiyatlarining
yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami
sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari
- qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi.
Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash
mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: