43
ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga
bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
5.
Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk
bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy
majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi.
Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning
ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari;
iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari
sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor –
korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy
yaratish.
6.
Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan
birga mavjud bo`ladi. Jamiyat mulki, ko`p holatlarda davlat tomonidan
boshqarilishiga qaramay, unga tegishli emas. Jamiyatning muammosi resurslarni
takroriy yetishtirish va mulkdan daromad – monopol rentani olish ustidan nazorat
o`rnatishdan iborat.
Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
a) jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi;
b) jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi;
v) ijtimoiy mulk ob’ektlaridan foydalanishning konsession mexanizmi;
g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a’zolarining ijtimoiy
ahamiyatli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish.
7.
Ko`p pag`onali mulkchilikning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining
turli xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida taqsimlanishi jarayonini o`zida
namoyon etadi.
Ko`p pag`onali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi;
b) mol-mulk uchun to`liq huquqlariga ega bo`lgan shaxslarning mavjud
emasligi;
v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat
xususiyati;
g) ular o`rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub’ektlar
o`rtasidagi tobelik munosabatlari;
d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi.
Ta’kidlash lozimki, k
o`p pag`onali mulkchilik instituti barcha xo`jalik
yurituvchi sub’ektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini
sezilarli darajada cheklagani holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini
istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas, balki xo`jalik faoliyatining
mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga qarab mazkur
institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga
asoslangan hokimiyat o`z mavqeini osongina bo`shatib berganligini anglatmaydi.
Dostları ilə paylaş: