Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

6-BOB. ShARTNOMALAR NAZARIYASI
6.1. Shartnoma tushunchasi
6.2. Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi
shartnoma
6.3. Shartnomalarning xillari
6.4. Tashkilot tushunchasi
6.5. Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara
6.1. Shartnoma tushunchasi
Shaxslar o`zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan
belgilanadi. Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o`zaro
hamkorlikning turli ishtirokchilari o`rtasida qayd etiladi. O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-moddalar) bitimlarga bag`ishlangan. Agar
mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan foydalansak, mulkchilik
huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to`g`risidagi har qanday kelishuvni
shartnoma, deb atash mumkin. Shartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy
me’yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo`llagan holda, ulardan
foydalanishadi. Boshqacha aytganda, shartnoma belgalangan institutsional
doiralarda amalga oshiriladigan almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar
tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks ettiradi.


61
Shartnoma – belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli
ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan
almashish va ularni himoyalash to`g`risidagi kelishuv.
Shunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas,
balki xususiy holatini ko`rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal
emas, u alohida institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan
chegaralanadi, bunda shaxslar ushbu doiralarga cheklangan darajada ta’sir
ko`rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional doiralarga joylashtirish «doira
samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional doiralarini faqat
chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli tovarlar
va xizmatlar oldi-sotdisi to`g`risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq)
sifatida talqin etish noto`g`ri bo`ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi,
balki oqilona tanlovni amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin. Shu tariqa,
ishonchning norasmiy me’yori ham, tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi
majburiyatlarining paydo bo`lishi to`g`risidagi rasmiy qoida ham, hatto shartnoma
tuzish va uni bajarish lahzasi o`rtasida ancha vaqt o`tgan taqdirda ham huquqlar
bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional doiralarda amal qiluvchi
«munosabatli» odam, o`z xususiyatlariga ko`ra homo oeconomicusdan farq qiladi
– birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng.
«Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me’yoriga amal qiladi, lekin
shu bilan birga u o`z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini
tashkil qiluvchi boshqa me’yorlar asosida ham quradi.
Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo`yicha mos kelmasligini nazarda
tutuvchi shartnoma odatiy holatni o`zida namoyon etadi.
Bozor konstitutsiyasiga ko`ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta’sirini
aniq oldindan aytishning iloji yo`q. Chunki bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat»
o`rtasidagi emas, balki shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni tartibga soluvchi
me’yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik
natijalariga «Tabiat» ta’sirining uchta varianti mavjud.
1. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatmaydi, shaxslar ushbu
holatda aniqlik sharoitida bo`ladi
«Munosabatli»
odam
Homo economicus

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin