9. Soddalashtirilgan soliq tizimi qanday soliqlarni to‘lashni nazarda tutadi?
A. Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.
B. Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, mol-mulk solig‘i.
C. Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq.
D. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, yagona yer solig‘i, mol-mulk solig‘i.
E. YAgona soliq to‘lovi, yer solig‘i.
10. Oborotdan olinadigan soliqlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Aksiz solig‘i, foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va QQC.
B. Mol-mulk va daromad solig‘i.
C. QQS va foyda solig‘i.
D. QQS, aksiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘i va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
E. QQS, aksiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘i va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, yer solig‘i.
11. Daromaddan olinadigan soliqlar qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
A. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
B. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan daromad solig‘i.
C. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yer va mol-mulk soliqlari.
D. QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
E. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, aksiz solig‘i.
12. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, aksiz solig‘i.
B. Yer solig‘i, QQS va mol-mulk solig‘i.
C. Yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslarning undiriladigan foyda solig‘i.
D. Yer solig‘i, obodonlashtirish va infratuzilma rivojlantirish solig‘i, mol-mulk solig‘i.
E. Yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Dostları ilə paylaş: |