13. Soliqlarning soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra guruhlanishi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Umumdavlat va mahalliy soliqlar.
B. Oborotdan, daromaddan, mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar.
C. Egri va to‘g‘ri soliqlar.
D. YUridik va jismoniy shaxslardan olingan soliqlar.
E. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar.
14. Egri soliqlar tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. QQS, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i.
B. QQS, aksiz solig‘i va mol-mulk solig‘i.
C. QQS, aksiz solig‘i, bojxona bojlari, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganligi uchun olinadigan soliq.
D. QQS, aksiz solig‘i, bojxona bojlari, obodonlashtirish va infratuzilma rivojlantirish solig‘i.
E. Aksiz solig‘i, bojxona bojlari, obodonlashtirish va infratuzilma rivojlantirish solig‘i.
15. Qaysi soliq turlari guruhida soliqlarning haqiqiy va huquqiy to‘lovchisi farqlanadi?
A. Egri soliqlarda.
B. To‘g‘ri soliqlarda.
C. Umumdavlat soliqlarida.
D. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarda.
E. Mahalliy soliqlarda.
16. Quyidagi soliqlardan qaysi biri resurs soliqlari tarkibiga kiradi?
A. Transport vositasi, benzin, dizel yoqilg‘i va suyultirilgan gaz ishlatish uchun soliq.
B. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i.
C. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
D. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.
E. Aksiz solig‘i.
17. Qaysi qatorda mahalliy soliqlar turlari ko‘rsatilgan?
A. Yagona soliq to‘lovi.
B. Yuridik shaxslardan undirilgan foyda solig‘i.
C. Egri soliqlar.
D. To‘g‘ri soliqlar.
E. Yer solig‘i, mol-mulk solig‘i.
18. Faqat yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar qaysi bandda ko‘rsatilgan?
A. Mol-mulk solig‘i.
B. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.
C. Yer solig‘i.
D. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.
E. Aksiz solig‘i.
Dostları ilə paylaş: |