Soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari: 1- Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining vakili ishtirok etishi mumkin.
2- soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‘lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin.
3- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zosi bo‘lgan soliq to‘lovchilarning soliq tekshiruvida uning vakillari ishtirok etishga haqli.
Rejali soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi :
-tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan ko‘chirma. Bunda ko‘chirma uning asliga to‘g‘ri ekanligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
-tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i.
3. Soliqqa oid huqkqbuzarlik uchun javobgarlik. Soliq kodeksni 106-moddasida berilgan: Soliq to‘lovchining javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi o‘n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlari quyidagilardan iborat. Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun Soliq Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo‘yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘lmasa, bu huquqbuzarlik uchun Soliq Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
YUridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi.
SHaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi (ayibdor emaslik prezumsiyasi). Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Soliq to‘lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida qo‘llaniladi.
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan shaxs moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni takroran sodir etmagan bo‘lsa, u moliyaviy sanksiyalarga tortilmagan hisoblanadi.