Soliq nazoratining shakllari


Soliq kodeksni 109-moddasida soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilish holatlari ko‘rsatilgan



Yüklə 19,07 Kb.
səhifə5/5
tarix31.03.2023
ölçüsü19,07 Kb.
#91991
1   2   3   4   5
1.2 qism

Soliq kodeksni 109-moddasida soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilish holatlari ko‘rsatilgan.
SHaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
-soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo‘qligi;
-soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‘qligi.
-soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi o‘tkazilguniga qadar xatoni o‘zi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, penya to‘lash bundan mustasno.
SHaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar va uni javobgarlikka tortish shartlari:
SHaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
-soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo‘lgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi;
-soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda jismoniy shaxs kasallik oqibatida o‘z harakatlarini o‘zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan;
-vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid qonun hujjatlarining qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi tomonidan bajarilganda.
SHaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
huquqbuzarlik sodir etish vaqtida o‘n olti yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda;
soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddatlari tugaganda.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
-og‘ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida huquqbuzarlik sodir etish;
-tahdid yoki majburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
-sud tomonidan javobgarlikni engillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi.
Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar sudga berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda tadbirkorlik sub’ekti — soliq to‘lovchi o‘ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganligi uchun jarimalar qo‘llanilishidan ozod qilinadi.
Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari:
1. Davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan bo‘yin tovlash;
2. Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish);
3. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish;
4. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish;
5. Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish;
6. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish;
7. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilish tartibini buzish;
8.Er uchastkalaridan ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish.
Yüklə 19,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin