Soliq statistikasi indd


 Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq tushumlarini



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

10.4. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq tushumlarini 
prognoz qilishda muhim hisoblangan asosiy
ko‘rstkichlar va omillar
Yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral 
xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali kom-
ponentlarni ajratib olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar, foydali 
qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni 
qayta ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar 
er qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq to‘lovchilari 
hisoblanadi. 
Mazkur soliqning soliq obyekti bo‘lib, er qa’ridan kavlab olin-
gan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi xizmat qiladi. 
Kav lab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hi so-
bot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hi-
soblab chiqilgan qiymati – ushbu soliqning soliq solish bazasi hi-
soblanadi.
Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har 
bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida 
topiladi. Tayyor mahsulotning o‘rtacha olingan realizatsiya qi lish 
bahosini aniqlash uchun uning pulda ifodalangan realizatsiya qi lish 
hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini che gir gan 
holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘ linadi.
Joriy davrda realizatsiya qilinmay qolgan tayyor mahsulotning 
o‘rtach olingan realizatsiya qilish bahosi oxirgi hisobot davrida 
tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan bahosidan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmay qolgan hollarda, 
hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning 
(ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya 
qilingan yoki topshirilgan hollarda, o‘rtacha olingan baho sifatida, 
hisob-kitob qilish uchun uning tannarxi qabul qilinadi.


331
Tayyor mahsulot boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun xomashyo sifatida foydalanilsa, yoki tayyor mahsulot (qay ta 
ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘ jalik 
ehtiyojlari uchun ishlatilsa, bunday mahsulot uchun so liq solinadi-
gan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsu lotning ish-
lab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniq la nadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlaridan biri – qo‘-
shimcha foyda solig‘i hisoblanadi. 
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilariga quyidagilar kiradi:
– ayrim foydali qazilmalarni (komponentlarni) kav lab olishni 
(ajratib olishni) amalga oshiruvchi er qa’ridan foydala nuv chilar;
– foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mah-
sulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Qo‘shimcha foyda solig‘ining soliq solish obyekti sifatida reali-
zatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi o‘rta-
sidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi olinadi. 
Qo‘shimcha foyda summasi bilan qo‘shimcha foyda qismiga 
to‘g‘ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlar summasi o‘rtasidagi farq mazkur soliqning soliq 
solish bazasi hisoblanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlaridan biri – bu bo-
nuslardir. Ular imzoli va tijoratbop toifalariga bo‘linadi. Imzoli bo-
nuslar qat’i summada, bir martalik to‘lov sifatida namoyon bo‘ ladi.
Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada ko‘rsatilgan er 
qa’ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop 
topilmasi uchun belgilanadi. 
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali 
qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish 
obyekti, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan haj-
mining qiymati soliq solinadigan baza sifatida e’tirof etiladi.
Tijoratbop topilma bonusi soliq solinadigan bazadan va bo nus-
ning soliq solish bazasiga nisbatan belgilangan stavkasidan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi.


332
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq tushumlarini 
prognoz ko‘rsatkichlariga soliq to‘lovchilar, soliq bazasi, soliq 
obyekti, soliq imtiyozlari va soliq stavkalari o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Aynan ushbu omillar ta’sirida soliq tushumlari yuzaga keladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni izohlovchi ma’lumotlarsiz soliq 
tushumini istiqbol ko‘rsatkichlarini hisoblab bo‘lmaydi. 10–14-
jadvalda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining 
asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. 
10–14-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin