Soliq statistikasi indd


XI BOB. SODDALASHTIRILGAN SOLIQQA TORTISH



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

XI BOB. SODDALASHTIRILGAN SOLIQQA TORTISH 
TARTIBIDAGI SOLIQLARNI PROGNOZ QILISH
11.1. Soddalashtirilgan soliq tizimida mavjud soliqlar tarkibi 
va uni qo‘llashni o‘ziga xos xususiyati
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni yanada chu-
qur lashtirish jarayonida mamlakatda kichik biznesni rivojlantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 
xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar 
sin
fi
ni shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat 
muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish muammolarini sa ma-
rali yechish kichik biznesni rivojlantirishsiz amalga oshirib bo‘l-
maydi. Soliq tizimida olib borilayotgan soliq islohotlarining muhim 
yo‘nalishlaridan biri - kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish 
mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi. 
1998-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
ma sining “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish 
tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida” gi 159-sonli Qarori qabul 
qilindi. Mazkur Qarorga asosan mikro
fi
rma va kichik korxonalar 
soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, 
ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. O‘z navatida, 
kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan 
tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy 
belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi 
soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta 
soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq ido-
ralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning 
ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi. U yagona soliq to‘lovini, yagona 
yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha 


337
qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning 
maxsus qoidalarini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hi-
soboti taqdim etilish tartiblarini o‘z chiga oladi.
Soliq solishning umumiy belgilangan tartibidan farqli, so liq 
solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilari O‘zbe kis-
ton Respublikasi soliq kodeksida nazarda tutilgan jami umum bel-
gilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga yagona 
o‘rnatilgan soliqlarni to‘laydilar.
Ammo, soliq qonunchiligida soliq solishning soddalashtirilgan 
tartibi soliq to‘lovchilarining zimmalarida boshqa ayrim soliq turlari 
bo‘yicha soliq majburiyatlarini bajarish qoldirilgan. Mazkur soliq 
tartibi asosida soliq to‘lovchilar, soddalashtirilgan soliq tartibida 
bel gilangan yagona soliq turlaridan tashqari quyidagi soliqlarni to‘-
lashlari talab qilinadi:
– to‘lov manbada undiriladigan foyda solig‘i;
– O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan baja-
riladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan 
qiymat solig‘i;
– aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan 
ak siz solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘-
lovlar;
– bojxona to‘lovlari;
– yagona ijtimoiy to‘lov;
davlat bojlari;
– tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
– davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona 
soliq to‘lovini to‘lovchilardan tashqari;
– avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Soliq davri mobaynida, soliq solish tartibi o‘zgargan hollarda, 
soliq to‘lovchi bu haqda davlat soliq xizmati organini yozma ravishda 
xabardor etadi. O‘tgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy 


338
to‘lovlarni o‘sha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib 
chiqqan holda to‘lash bo‘yicha majburiyatlar soliq to‘lovchilarda 
saqlanib qoladi.
2005-yil 20-iyunda, mikro
fi
rmalar va kichik korxonalarni jadal 
rivojlantirishni yanada rag‘batlan 
tirish hamda uning mamlakat 
iq tisodiyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida 
O‘zbe kiston Respublikasi Prezidentining «Mikro
fi
rmalar va ki chik 
korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘ shim-
cha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli Farmoni qabul 
qilindi. Mazkur Farmonga asosan 2005-yilning 1-iyuldan boshlab 
O‘zbekiston soliq tizimida kichik biznes subyektlarining ba’zi 
toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi. 
Yagona soliq to‘lovi quyidagi majburiy to‘lovlar o‘rniga joriy 
qi lingan:
– foyda solig‘i;
– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– mol-mulk solig‘i; 
– yer solig‘i;
– obodonlashtirish va ijtimoiy infratizimlani rivojlantirish so-
lig‘i;
– boshqa ayrim soliq turlari.
Yagona soliq to‘lovi faqat kichik biznes subyektlari - mikro-
fi
rmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi. 
Savdo korxonalari faqat yagona soliq to‘lovi tartibi asosida soliq 
to‘laydilar. Ularda soliq to‘lashning umumiy belgilangan tartibiga 
o‘tish huquqiga ega emas. 
2007-yil 1-yanvardan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisob-
langan alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikro
fi
rmalar 
va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqisiz, 
soliqlar va majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘-
lashga o‘tka zildi. Bundan tashqari, yer qa’ridan foydalanganlik 
uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga 
oshiruvchi mikro
fi
rma va kichik korxonalarga, qat’iy belgilangan 


339
soliqni to‘lash nazarda tutilgan mikro
fi
rma va kichik korxonalarga 
hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan 
mikro
fi
rma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi tartibi 
tatbiq etilmaydi. 
2003-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni 
rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora – tadbirlari to‘g‘ri-
sida” gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida”gi 
PF-3305 sonli farmoniga ko‘ra 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab 
ki chik biznes subyektlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
– yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi-
lar;
– xodimlarining o‘rtacha yillik soni: 
– ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan;
– xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga bevosita 
aloqasi bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan;
– ulugurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 
kishidan oshmagan mikro
fi
rmalar;
Quyidagi tarmoqlarning o‘rtacha yillik xodimlari soni:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va as bob-
sozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish mate rial-
lari sanoati 100 kishidan;
– mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo 
sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ish lash, 
qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari 50 kishi-
dan;
– fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish 
sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy 
ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan 
sohalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. 


340

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin