240
Prognozlashtirilayotgan yilda soliq solinmaydigan oborotga
oid, hisobga olinmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining
kutilayotgan summasini aniqlash uchun
oborot uchun ishlatilgan
tovar, ish va xizmatlarni sotib olishda to‘langan, hisobga olinadigan
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan 20% stavkada soliq soli-
nadigan oborotga oid, hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi, «O» stavkada
soliq solinadigan oborotga oid, hisobga
olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi(eksportdan tashqari),
«O» stavkada soliq solinadigan oborotga oid, hisobga olingan
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (eksportga
sotilgan mahsulot,
tovar, ish va xizmatlar) ayirib tashlanadi. Bizning hisob-kitobimiz
natijasida
kutilayotgan, to‘langan, ammo hisobga olinmaydigan
qo‘shilgan soliq summasi 9292,86 mln so‘mni tashkil qiladi.
Oldingi besh yil haqiqatdagi natijasi
asosida hisoblagan soliq
solinmaydigan oborotga oid, hisobga olinmaydigan qo‘shilgan
qiy mat solig‘ining kutilayotgan summasi 9388,158 mln so‘mga
(8233,918 mln so‘m + 1154.24 mln so‘m) tenglashdi.
Prognozlashtirilayotgan davrda oborot uchun ishlatiladigan to-
var, ish va xizmatlarni sotib olishda to‘lanadigan, hisobga olina di-
gan qo‘shilgan qiymat solig‘ining kutilayotgan summasi 25366,63
mln so‘mga tenglashishi hisoblandi. Ammo ushbu prognoz ko‘r-
satkichini oxirgi besh yil davomida haqiqatda
erishilgan natijalarni
tahlil qilgan holda ham aniqlashimiz mumkin.
Oborot uchun ishlatilgan tovar, ish va xizmatlarni sotib olish-
da to‘langan, hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘ining kuti-
layotgan summasini aniqlash uchun oxirgi besh yillik ma’lu mot-
larning o‘rtacha miqdori va dispersiyasi hisoblanadi. Bizning
hiso bimizda kutilayotgan, hisobga olinadigan hamda to‘langan qo‘-
shilgan qiymat solig‘ining o‘rtacha miqdori 20695,882 mln so‘m-
ga, dispersiya miqdori 4656,37 mln so‘mga tenglashgan (Ikkinchi
usul). (7–28-jadvalga qarang).
Prognozlashtirilayotgan yil uchun haqiqatda budjetga to‘lanishi
kutilayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorini aniqlash uchun
241
jami hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan oborot
uchun ishlatilgan tovar, ish va xizmatlarni sotib olishda to‘langan,
hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘ining
kutilayotgan sum-
masini ayirish orqali aniqlanadi. Bizning hisob-kitobimiz natijasida
budjetga haqiqatda to‘lanishi kutilayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi 63678,18 mln so‘mga tenglashdi.
7–28-jadval
Dostları ilə paylaş: