Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

17
Ko‘rsatkichlar
2014-yil
Soliqlarning 
salmog‘i, %da
Egri soliqlar
15618,2
100
2 Qo‘shilgan qiymat solig‘i
9123,1
58,41
3 Aksiz solig‘i
4506
28,85
4 Bojxona boji
1142
7,31
5
Jismoniy shaxslarning transport vositalariga 
ishlatilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
uchun soliq
847,1
5,42
17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-
son qarori.


244
2014-yilda aksiz solig‘ining egri soliqlari tarkibidagi ulushi 
qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tahlil 
davrida, uning ulushi egri soliqlar bo‘yicha rejalashtirilgan soliq 
tushumining 28,85%ni tashkil qilishi kutilmoqda. 
8–2-jadval
Aksiz solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi
Ko‘rsatkichlar
2010
2011
2012
2013
2014
Davlat budjetining maqsadli 
jamg‘armalarisiz jami daromadlari
100,00 100,00 100,00 100,00 100,00
Egri soliqlar
53,17
53,51
54,27
51,94
40,93
Aksiz solig‘i
16,71
15,34
15,11
14,84
11,81
Aksiz solig‘ining davlat budjeti jami daromadlari tarikibidagi 
ulu shi ham yildan yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2010-yilda 
aksiz solig‘ining davlat budjeti jami daromadlari tarkibidagi ulu-
shi 16,71%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2014-yilda ushbu ko‘rsatkich 
11,81%ni tashkil qilish kutilmoqda. 8–2-jadvalga qarang. 
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulu shi ning 
pasayishi asosiy sabablaridan biri - O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi “Bozorni iste’mol to-
var lari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchi-
lar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillash tirish 
chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi, 390-sonli qarorining amalda joriy 
qilinishidir. Mazkur qarorga asosan “O‘zJMAvto” aksionerlik ja-
miyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, 
Damas, Matiz, Malyubo, Kaptiva), billurdan qilingan mahsulotlar, 
mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq 
va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlarini, ishlab chi qarishni 
rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘ paytirish 


245
va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida korxonalar o‘z ixtiyorida qoldirila boshladi. 
Budjet daromadlari tushumini ta’minlash orqali xalq xo‘jaligi 
manfaatlarini qondirish, iqtisodiyotni zarur sohalarini rivojlanishini 
soliq imtiyozlari orqali ta’minlash, yalpi ichki mahsulotni qayta 
taqsimlashda faol ishtirok etish – aksiz solig‘i bajaruvchi asosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hisoblanadi.
Aksiz solig‘ining birinchi harakat doirasi bevosita uning ob-
yektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi unga mansub stavkalariga 
taalluqlidir. 
O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992-yilda oborot solig‘i va so-
tuv dan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Aksiz solig‘i in-
dividual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan 
tat biq qilinadi. 
Aksiz solig‘i mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning narxida hi-
sobga olinadigan, realizatsiya qiymatining bir qismini egri soliq si-
fa tida budjetga undirish shakli hisoblanadi.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, aksizosti tovarlarni ishlab 
chi qaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hi-
sob lanadi. Oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chi-
qarganda shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan shirkat 
sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. 
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovar-
larga etil spirti, vino, konyak, aroq, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i, 
si garetalar, zargarlik buyumlari, “O‘zJMAvto” aksionerlik jamiyati 
ishlab chiqargan avtomobillari, kumushdan ishlangan oshxona an-
jomlari, qimmatbaho metallar, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ishlab 
chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz, 
paxta tolasi kiradi. 


246

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin