272
5.
sanoat
mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga berilgan patent (litsenziya)
egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi
6.
qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar va
yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini (payini)
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
7.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘laganidan keyin xususiy korxona
mulkdori hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda
summasi
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari ularning investitsion
faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Mulkiy
daromadlarning foizlar va
dividendlar ko‘rinishidagi turlari to‘lov manbaasida soliqqa tor-
tiladi. Bugungi kunda jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini
sal mog‘i va ahamiyati oshib bormoqda.
Jismoniy shaxslar boshqa shaxsdan moddiy naf tarzida ham da-
romadga ega bo‘lishi mumkin. Bunday
daromadlarga yuridik shaxs
tomonidan jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim
muassasalarida o‘qitish, tarbiyalash xarajatlarini to‘lash, kommu nal
xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydala-
nish
xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning
o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash, oziq-ovqat, yo‘l chiptalari qiy-
matini to‘lash, qoplash va shu kabi jismoniy shaxsga to‘langan
xarajatlar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar
ichida budjet tushum-
laridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan da-
romad solig‘i – davlat budjeti daromad manbaalaridan biri bo‘lib, u
umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, soliq jismoniy shaxslarning
bevosita daromadlaridan
oli nadi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va
yig‘imlar budjet daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil et-
moq da. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 2010-
yilda Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalarisiz jami daro-
273
madlarining 11,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 11,06
foizini tashkil etgan. 2014-yilda soliqning
ushbu turini Davlat bud-
jetining maqsadli jamg‘armalarisiz jami daromadlaridagi ulushi
8,68 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.
120
100
80
60
40
20
0
2010
2011 2012
2013 2014
Yillar
100,00
100,00
100,00
100,00
100,00
26,08
26,20
25,21
26,22
20,41
11,70
11,06
11,51
11,03
8,68
% da
Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalarisiz jami daromadlarida
jismoniy shaxslarning daromadidan olinuvchi soliqning dinamik
o‘zgarishi
Davlat budjetining maqsadli jamg‘rmalarsiz
jami daromadlari
To‘g‘ri soliqlar
Jismoniy shaxslarning daromadidan oluvchi soliq
9–1-diagramma.
Dostları ilə paylaş: