Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Kompensatsiya to‘lovlari
t/r
Kompensatsiya to‘lov turlari 
1.
tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq 
qo‘shimcha to‘lovlar 
2. og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar
3.
tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram 
(ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda 
maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar
4.
ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda
lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, 
bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda 
ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun 
ustamalar
5.
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga 
ega bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida 
bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga normalardan 
ortiqcha to‘lanadigan ustamalar
6.
xizmat safarlari vaqtidagi normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar 
uchun haq (sutkalik pullar)
7.
xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat 
maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan normalardan ortiqcha 
foydalanganlik uchun to‘lovlar
8.
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik 
bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun miqdorlardan ortiqcha 
olingan summalar
Ayrim sabablarga ko‘ra ishchi va xodimlarning vaqtinchalik 
ish lamagan vaqti uchun ham to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin. 
Bun day to‘lovlar ham ish haqi ko‘rinishidagi daromad sifatida tal-
qin etiladi.
Ishchilarning ishlanmagan vaqt uchun amalga oshirilgan to‘lov-
lar tarkibiga quyidagilar kiradi:


270
– yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to‘lash, shu-
ningdek ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim 
bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya 
to‘lash;
– noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir 
va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tar-
moqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘-
lash;
– o‘qish bilan bog‘liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to‘lash;
– o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n 
olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo‘-
shimcha ta’tilga haq to‘lash; 
– asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda 
bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar;
– donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon 
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari 
uchun haq to‘lash;
– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvo
fi
q davlat 
yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash;
– qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodim-
larning asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
– boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo‘-
yicha maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qo-
lingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani ba-
jarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni to‘lash;
– yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari 
vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi;
– mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha 
haq to‘lash;
– qonun hujjatlariga muvo
fi
q yoki yuridik shaxsning qarori bilan 
majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik 
uchun haq to‘lash;


271
– o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatla-
ri ga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan ta-
naffuslarga, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt 
uchun haq to‘lash; 
– yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod 
qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va 
talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun 
jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to‘lash;
– yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki 
boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi 
amalga oshiradigan to‘lovlar;
– moddiy yordam to‘lovi;
– yuridik shaxsning mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pen-
siya lar va nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar;
– oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga 
ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar;
xodimga muhim sana, uzoq yillik xizmati, jamoatchilik fao-
liyatidagi yutuqlari munosabati bilan to‘lanadigan rag‘batlantirish 
tarzidagi to‘lov.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarining tarikibi 9–3-
jadvalda keltirilgan.
9–3-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin