Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

soliq tushumiga ta’siri
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy 
shaxs lar tomonidan mehnatga haq to‘lash ko‘rinishida va boshqa 
toifa dagi daromadlaridan undiriladi. Mazkur soliq to‘lovchilari 
bo‘ lib soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan barcha jismoniy 
shaxs 
lar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va 
nore 
zidentlari hisoblanadi. Ushbu soliq turi jismoniy shaxslar 
tomo nidan olinadigan daromad bilan bevosita bog‘liq ekan, jis-
mo niy shaxslarning jami daromadlari va ularning tarkibi jismoniy 
shaxs lardan olinadigan daromad solig‘ini mohiyatini ochadi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi O‘zbekiston Res-
pub likasi Soliq kodeksining 30-bobida bayon qilingan. O‘zbekiston 
Respublikasi soliq kodeksining 171- moddasiga asosan jismoniy 
shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
– mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
– moddiy naf tarzidagi daromadlar;
– boshqa daromadlar.
Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnatga oid mehnat shartnomasiga 
muvo
fi
q ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan 
va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar deb e’tirof etiladi. Mehnatga to‘langan haq ishbay 
narx lar, tarif stavkalari va mansab maoshlari asosida hisoblanadi. 
Bun 
dan tashqari, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari 


268
turiga rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya 
to‘lovlari, ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashlar ham kiradi.
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatishimiz mumkin. 9–1-jadvalga qarang.
9–1-jadval
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lov
t/r
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lov turlari 
1.
yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot, bayram sanalari va muhim 
sanalar, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega bir yo‘la beriladigan mukofotlar va 
boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar
2.
yuridik shaxsni mukofotlash to‘g‘risidagi qoidada nazarda tutilgan 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar
3.
kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga 
ustamalar
4. ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar
5. ta’tilga qo‘shimcha haqlar
6. ratsionalizatorlik takli
fi
uchun to‘lov
Rag‘batlantirish xususiyatlariga ega bo‘lgan to‘lovlar tarkibiga 
ishchi va xodimlarning ish natijalari, kasbiy mahorati, ko‘p yillik ish 
staji va shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar asosida, mukofot tariqasida 
to‘lanuvchi mukofotlar kiradi.
Ish haqi ko‘rinishidagi to‘lovlar tarkibida kompensatsion to‘-
lovlar muhim o‘rin egallaydi. 9–2-jadvalga qarang.
Aksariyat yuridik shaxslar ishchi va xodimlarga kom pensatsion 
to‘lovlarni og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik 
uchun, xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki 
xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan normalardan 
ortiqcha foydalanganlik uchun va shu kabi boshqa holatlar bo‘yicha 
amalga oshiradilar. 


269
9–2-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin