Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad so li g‘ini davlat
budjeti daromadlarida tutgan o‘rni
Yuqorida bildirilgan
fi
kirlar va diagramma ma’lumotlaridan ko‘-
rinib turibdiki, bugungi kunda soliqning ushbu turi mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Soliq tushumlarini
prognoz qilishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i-
ning salmoqli ulushi mavjud.
9.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
prognoz ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining prog noz
ko‘rsatkichlarini shakllanishiga va amalda bajarilishiga ko‘p lab
omillar ta’sir qiladi. Ayrim omillar soliq tushumlarining o‘zga ri-
274
shiga funksional ravishda bog‘langan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’-
sir qilishi mumkin. Shunday omillarga jismoniy shaxslardan olina-
digan daromad solig‘ining soliq solish bazasi, soliq imtiyozlari va
soliq stavkalari kiradi. Soliq solish bazasi mazkur soliq bo‘yicha
prognoz tushumlari bilan yuqori ijobiy korrelatsion bog‘lanishga
ega hisoblanadi. Ya’ni soliq solish bazasining oshishi jismoniy
shaxs
lardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarini oshishiga
olib keladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘-
yicha beriluvchi soliq imtiyozlari esa aksincha prognoz ko‘rsat-
kichlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu ma’noda soliq
imtiyozlari va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli g‘i
tushumining prognoz ko‘rsatkichi o‘rtasida teskari, kuchli kor-
relatsion bog‘lanish mavjud deb xulosa qilishimiz mumkin.
Soliq stavkalarining miqdorini oshishi kutilayotgan soliq tu-
shumlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq so-
lish bazasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi soliq ko-
deksining 170- moddasida bayon qilingan. Ushbu moddaga aso san,
soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solish-
dan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Mazkur soliq turi bo‘yicha soliq imtiyozlari ikki toifaga bo‘li-
nadi:
– jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari;
– jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod qilish.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 179-moddasida
qu yidagi turdagi jismoniy shaxslarning daromadlari soliq solishdan
ozod hisoblanadi:
– favqulotda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yor-
dam summalari - to‘laligicha;
– vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot
et ganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam
sum malari - eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda,
275
bosh qa hollarda - soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki
bara varigacha miqdorda;
– o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki)
statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi to-
monidan to‘langan summalar, shuningdek, yuridik shaxsning da-
volash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik pro
fi
laktikasi va
nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish
uchun qilingan xarajatlari;
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Res-
publikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan
budjet tashkilotlaridan chet el valutasida olingan ish haqi summalari
va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar
doirasida;
– vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daro mad-
lar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bi lan
ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xu-
susiy korxona mulkdori, fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qola-
digan foyda summasi;
– O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat
pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir
yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng baho da-
gi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
– xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi
uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
– sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutug‘i patentiga patent
(litsenziya) egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning patentni (litsenziyani)
ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish boshlan-
gan kundan e’tiboran quyida ko‘rsatilgan davrdan ko‘p bo‘lmagan
mud datda sotishdan olgan daromadi summasi:
276
– ixtirolar va seleksiya yutug‘idan - besh yil davomida;
– sanoat namunasidan - uch yil davomida;
– foydali modeldan - ikki yil davomida;
– donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik
uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
– jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli
bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar;
– uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan
hay vonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar,
baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini
xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari,
tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar;
– xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olin-
gan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
– yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining
olti baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi sovg‘alar;
– jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek
tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar;
– davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuning-
dek, O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘-
yicha foizlar, lotereya bo‘yicha yutuqlar;
– depozit serti
fi
katlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daro-
madlar, shuningdek, banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar
bo‘yicha foizlar hamda yutuqlar;
– xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek
ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari doirasida - grant oluvchidan olgan grant
summasi;
– fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daro-
mad
larining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xusu-
siy lashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yo‘nalti-
277
rila digan summalari, shuningdek, dividendlar tarzida olingan va
divi dend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
yo‘nal tirilgan daromadlar;
– mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining
o‘n ikki baravari miqdori doirasida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish
va boshq nafaqalar;
– olingan alimentlar;
– fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalari;
– davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda ta’lim va
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalar;
– uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qonun
hujjatlariga muvo
fi
q har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
– davlat pensiyalari;
– davlat pensiyalariga ustamalar;
– jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘-
yicha foiz daromadlari, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya
to‘lovlari;
– fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasi-
da sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘l-
gan yuridik shaxslarga mol-mulkni sug‘urta qilish hamda hayotni
uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘ lovi
uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining sum-
malari;
– yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyo-
riy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga - yuridik shaxsga uning
majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari sum-
malari;
– yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish,
rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi
kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka
kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash
uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari summalari;
278
– “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining kre-
ditlari hisobiga qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo‘yicha
yakka tartibda uy-joy quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka
kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash
uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari summalari.
– O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish
uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan far-
zandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga ixtiyoriy
ra vishda yo‘naltiriladigan summalari.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 180-moddasiga
asosan quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan ozod qilingan:
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari
va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari,
ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari;
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik mu-
as sasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘z lari
bilan birga yashaydigan oila a’zolari;
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik mu-
assasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxs-
lar;
– xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar;
– xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor;
– O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulotda
vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy
xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining
oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar,
shu ningdek o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xiz-
matga;
– prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo‘lgan xo-
dimlari;
279
– gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruv-
chi litsenziyasi bo‘lgan shaxslar.
Soliq kodeksida ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning da-
romadlari soliq solishdan qisman ozod qilingan. Quyidagi jismoniy
shaxslar soliq solishdan, daromad olingan har bir oy uchun eng
kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha
imtiyozlar taqdim qilingan:
– “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Meh-
nat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala
daraja dagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush no-
gironlari yoxud 1941–1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy
xiz matning bosh qa majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi,
kon
tuziya bo‘lgan
ligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud
frontda bo‘lish bilan bog‘ liq kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan
harbiy xizmatchilar jumlasi dan bo‘lgan boshqa nogironlar, sobiq
Dostları ilə paylaş: |