8.3. Aksiz solig‘i tushumini prognoz qilishda foydalaniluvchi ma’lumotlar hamda aksiz solig‘i to‘lovchilari va ular sonining soliq tushumi hajmiga ta’siri Aksizosti mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi
xo‘jalik yurituvchi subyektlar soliq idoralariga, statistika idoralariga
va boshqa mutasaddi idoralarga moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘-
risidagi hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini taqdim qiladilar.
Taqdim qilingan hisobotlar aksiz solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarini
prognoz hisob-kitoblari uchun ma’lumot manbaa bo‘lib xizmat
qiladi. Ma’lumot manbaasi bo‘lib xizmat qiluvchi hisobot turlariga
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya balansi, debitorlik
va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma(2a-sonli shakl),
moliyaviy natija to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl), budjetga to‘-
lovlar to‘g‘risida ma’lumot, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot(4-sonli
shakl), aksiz solig‘i bo‘yicha hisobot va hisob- kitoblar va boshqa
hisobot shakllari kiradi. Quyida keltirilgan jadvallarda aksiz solig‘i
tushumlarini prognoz qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yig‘i-
luvchi, ayrim hisobot shakllari keltirilgan.
Alkogolli mahsulot bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobini qilish
paytida hisobga olinadigan aksiz solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma’-
lumotnoma (8–4-jadval) asosida aksiz solig‘i tushumlarini prog-
nozlashda prognoz ko‘rsatkichidan chegirib tashlanuvchi aksiz so-
lig‘i summasiga oid ma’lumotlar jamlanadi.
249
8–4-jadval Alkogolli mahsulot bo‘yicha aksiz solig‘i hisob-kitobini qilish paytida hisobga olinadigan aksiz solig‘i summasi to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA Tayyor
mahsulot
nomi
Hisobot
davrida
realizatsiya
qilingan
alkogolli
mahsulot
hajmi (dal)
Realizatsiya
qilingan
tayyor
mahsulotning
hajmida
foydalanilgan
etil spirtining
hajmi
(dal)
Etil
spirtining
hajm
birligiga
aksiz solig‘i
stavkasi
(1 dal
uchun
so‘mda)
Xom-
ashyo
bo‘yicha
hisobga
olinadigan
aksiz
solig‘i
summasi
(so‘m)
(4-ust. x
5-ust.)