foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti (ming ga.)
Yer solig‘i o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra u renta to‘lo vi -
dir. Ushbu soliqni yer egalari va yerdan foydalanuvchi xo‘jalik yuri-
tuvchi subyektlar moliyaviy faoliyatining natijalaridan qat’i nazar
to‘laydilar. Bu esa yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish,
tup roq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‘lgan yerlarda xo‘ja-
lik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish,
aho li yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta’minlash
ham da yerni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka iqtisodiy za-
min yaratadi.
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga
ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi ning norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari hisob-
lani shadi. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi asosida soliq
to‘lovchi yuridik shaxslar – yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari,
yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jalik korxonalari, tad-
bir korlik faoliyatining qat’iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik
shaxs lar yer solig‘i to‘lovchilari hisoblanmaydi.
319
Yerga nisbatan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish
huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan
yer uchastkalari soliq solish obyekti hisoblanadi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib
tashlash orqali soliq solinadigan baza aniqlanadi. Boshqa soliq tur-
laridan farqli, yer solig‘ining soliq solish obyekti va soliq solish
bazasining oshish darajasi chegaralangan hisoblanadi. Chunki, yer
solig‘ining soliq solish obyekti va bazasi respublikamizning yer
resurslari bilan bog‘liq. Shu sababli, yer solig‘ining prognoz lash-
tirilayotgan yilda oshishiga ko‘proq belgilanuvchi soliq stavkalari
ta’sir qiladi.
Yer solig‘ini undirish bo‘yicha belgilanuvchi soliq stavkalari
murakkab tarkibga ega. Shu sababli, yer solig‘i tushumlarini prognoz
qilishda soliq stavkalarining kutilayotgan prognoz ko‘rsatkichiga
ta’sirini hisobga olish murakkab jarayon hisoblanadi.
Yer solig‘i stavkalari yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida erning bozor qiymati shakllanma-
ganligi sababli, 1 gektar sug‘oriladigan erdan olinadigan dehqon-
chilik yalpi mahsulotining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni
shartli baholash amalga oshiriladi.
Yer solig‘i stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hi-
sobga olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib
chiqishi, mexanik tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq qatla mi-
ning suv o‘tkaza olishi, zichligi kabi boshqa tabiiy xossalari hisobga
olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizimda 10 ta klassga bo‘linadi.
Baholash setkasiga asosan 1 klass yerlar nol balldan 10 ballgacha,
2 klass yerlar 11 balldan 20 ballgacha, 3 klass yerlar 21 balldan 30
ballgacha va h.k. 10 klass yerlar 91 balldan 100 ballgacha baho-
lanadi. Yer bonitet balli qancha yuqori bo‘lsa soliq stavkasi mos
ravishda shuncha yuqori belgilanadi.
Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan
yuri dik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari quyidagicha
gu ruh lanadi:
320
– sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi erlari uchun undi ri-
ladigan yer solig‘i stavkalari;
– lalmi ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun
undiriladigan yer solig‘i stavkalari;
– sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiri la-
digan yer solig‘i stavkalari;
– qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan
boshqa erlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari;
– Toshkent shahrida er uchastkalaridan foydalanganlik uchun
yer solig‘i stavkalari;
– shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer
solig‘i stavkalari;
– qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik
uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer
solig‘i stavkalari;
– qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik
uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
Qishloq xo‘jalik erlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer
egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan ho-
lat larda, yer solig‘i yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilan-
gan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarining ma’muriy chegaralarida
joylashgan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer
solig‘i qishloq xo‘jalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki ba-
ravari miqdorida undiriladi.
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini
to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan aj-
ratilgan maydonlardan ortiqcha er uchastkalari uchun yer soli g‘i
yuridik shaxslar uchun 2,0 koef
fi
tsiyentini qo‘llagan holda to‘la-
nadi.
Yer solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarini prognoz qilishda soliq
obyekti, soliq solish bazasiga oid ma’lumotlar turli hisobot va hisob-
kitob shakllaridan yig‘iladi. Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik
321
bo‘lmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i hisob-kitobining
asosiy ko‘rsatkichlari 10–19- jadvalda keltirilgan.
10–19-jadval
Dostları ilə paylaş: |