325
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 261-moddasida suv
resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliqlar bo‘yicha
soliq imtiyozlari bayon qlingan. Ularga quyidagilar kiradi:
– nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi
va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan,
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–
1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan
korxonalar;
– suv uchun budjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv
olgan iste’molchilar;
– birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov
amalga oshirilgan
suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
– ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar - tadbirkorlik sub-
yektlari - yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor
qilingan kundan e’tiboran.
Bundan tashqari, ayrim maqsadlar
uchun foydalanilgan suv
hajmi soliq bazasidan kamaytirilishi soliq qonunchiligida belgi lan-
gan. Masalan:
– sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydala-
niladigan yer osti mineral suvlari hajmiga;
– dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv haj miga;
– atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishning
oldini olish maq-
sadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga;
– shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib
olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish
uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan
yerosti suvlari hajmiga;
– gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati
uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish
uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
10–11-jadvalda 2013-yil uchun belgilangan soliq stavkasi miq-
dorlari keltirilgan.