369
lanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvo
fi
q
ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘-
lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daro-
madlar deb e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 308-moddasida
yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallariga
oid soliq imtiyozlari
tarkibi bayon qilingan. Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta
badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:
– kompensatsiya to‘lovlari;
– xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli bud jet
yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu
kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;
– xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati,
jamoat fao-
liyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘-
batlantirish tarzidagi to‘lovlar;
– xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulotda holatlar munosabati
bilan to‘lanadigan to‘lovlar;
– yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan
so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan na-
faqalar;
– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar,
Favqulotda
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavf-
sizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining
hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
oddiy, serjant va o
fi
tser tarkiblarida xizmatni o‘tashi (xizmat maj-
buriyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti,
pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar;
–
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hu-
kumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mab lag‘-
lari;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan
ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari to-
monidan berilgan grant mablag‘lari;
370
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida
berilgan grant mablag‘lari.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta
badallari har oyda soliq
soli nadigan baza va belgilangan stavkalar asosida hisoblab chi qa-
riladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov ish beruvchining mablag‘lari hisobidan
to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab
qolinib, to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sug‘urta badallarini majburiy tar-
tibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘-
laydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta
badallarini ixtiyoriylik
asosida to‘laydilar. Yillik sug‘urta badalining minimal miqdori eng
kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I
va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham da
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan deh-
qon xo‘jaliklarining a’zolari uchun sug‘urta badallari belgilangan
me’ yorning kamida 50 foizini tashkil etadi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
majburiy ajratmalar
soliq to‘lovchilar tomonidan ularning sof tushumlaridan to‘lanadi.
Mazkur majburiy ajratma to‘lovchilariga quyidagilar kiradi:
– yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentla-
ri;
– oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonch-
li shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni
hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish bazasini aniqlashning
o‘ziga xos xususiyatlari 12–1-jadvalda keltirilgan.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar
har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalar asosida
hisoblanadi.