374
Avvalgi hisob-kitob bo‘yicha fuqarolarning budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari summasi
Fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga su-
g‘urta badallari hisob-kitobining asosiy ko‘rsatkichlaridan prognoz
hisob-kitobi uchun kerakli bo‘lgan, fuqarolarning budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lov
turlari, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
hisoblangan sug‘urta
badallari summasi, soliq solinadigan baza
kabi ma’lumotlar yig‘iladi.
12–4-jadvalda yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning bud-
jet dan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-
lanmaydigan to‘lov turlari haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari
Pen siya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘ lov
turlari haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblangan prognoz ko‘rsat-
kichining miqdori ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi.
12–4-jadval
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lov turlari
To‘lov turlari
Summa
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lov turlari,
jami
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) ko‘chib
yurish xususiyatiga ega bo‘lgan xodimlarning, shuningdek qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar
vaxta usulida bajarilgan
taqdirda, ish haqiga ustamalar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti
xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan
ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar)
375
xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat
maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida
belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa
boshqacha shikast
yetkanlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun qonun
hujjatlarida belgilangan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar
xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli budjet
yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu
kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish
haqi tarzidagi daromadlar
xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat
faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan
rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar
tabiiy ofat, boshqa favqulotda
holatlar munosabati bilan
to‘lanadigan to‘lovlar (xodimning oila a’zosi vafot etganligi,
oila a’zolariga xodimning vafoti munosabati bilan to‘lanadigan,
shuningdek maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan va xodimlar bilan yuz
bergan muhim shaxsiy voqealar,hodisalar, tadbirlar taqozo qilgan,
biroq kompensatsiya va mukofot to‘lovlari hisoblanmaydigan va
ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan
bajariladigan ish va uning
natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar)
yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng
ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.
shuningdek boshqa to‘lov turlari
12-5-jadval
Dostları ilə paylaş: